O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-bob. Soddalashtirilgan tartibda ish yuritish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
23 -bob. Soddalashtirilgan tartibda ish yuritish
203 -modda. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan 1 1 holda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. 203 -modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ishlar Agar da’voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan esa — besh baravaridan oshmasa, da’vo arizalari bo‘yicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi lozim. Agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lmasa, da’vogarning iltimosnomasiga ko‘ra, javobgarning roziligi bilan boshqa ishlar ham soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin. Korporativ nizolar bo‘yicha ishlar, huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilmaydi. Agar ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish chog‘ida uchinchi shaxsning ishga kirishish to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan, ushbu bobda belgilangan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lmagan qarshi da’vo qabul qilingan bo‘lsa yoxud agar sud quyidagilar xususida, shu jumladan taraflardan birining iltimosnomasiga ko‘ra quyidagilar xususida xulosaga kelsa, sud ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rish haqida ajrim chiqaradi: 1) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish davlat sirining, tijorat sirining yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning oshkor qilinishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa; 2) qo‘shimcha holatlarni aniqlash yoki qo‘shimcha dalillarni tekshirish, shuningdek dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning ko‘rsatuvlarini eshitish zarur bo‘lsa; 3) bildirilgan talab boshqa talablar bilan bog‘liq bo‘lsa, shu jumladan uchinchi shaxslarga taalluqli bo‘lsa yoki mazkur ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati bilan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin bo‘lsa. Ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rish to‘g‘risidagi ajrimda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bajarishi lozim bo‘lgan harakatlar va ushbu harakatlarni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi. Ajrim chiqarilgandan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi. O‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab bildirilgan bo‘lib, ulardan biri ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablarga taalluqli bo‘lgan, boshqalari esa ularga taalluqli bo‘lmagan taqdirda, barcha talablar da’vo ishini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rilishi lozim. Ishni ko‘rish muddati ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling