O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-§. Sudning hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyingi harakatlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

3-§. Sudning hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyingi harakatlari
186-modda. Hal qiluv qarorini e’lon qilish
Sud muhokamasi tugallangan sud majlisida qabul qilingan hal qiluv qarorining faqat xulosa
qismi e’lon qilinadi, bu qism sudya tomonidan imzolanishi va ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak.
Hal qiluv qarori besh kun ichida to‘liq hajmda tuziladi va imzolanadi.
Raislik qiluvchi hal qiluv qarorining xulosa qismi e’lon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi
shaxslarga hal qiluv qarorini to‘liq hajmda tuzish va ularga yuborish muddatini, shuningdek hal
qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibini tushuntirib beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
176 — 179-moddalari
.
 LexUZ sharhi


Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil
19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 21-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi
qarorining 
11-bandi
, 13-bandining 
oltinchi xatboshisi
.
187-modda. Hal qiluv qarorining o‘zgarmasligi
Ish bo‘yicha hal qiluv qarori e’lon qilinganidan so‘ng hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning
o‘zi uni bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli emas, bundan qonuniy kuchga kirgan sud
hujjatining yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rilishi mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
176 — 179

186

187

189-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil
15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarori 14-bandining 
uchinchi xatboshisi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling