O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

168-modda. Dalillarni tekshirish
Sud muhokamasi davomida sud ish bo‘yicha dalillarni tekshiradi: ishda ishtirok etuvchi
shaxslarning 
tushuntirishlarini, 
guvohlarning 
ko‘rsatuvlarini, 
ekspertlarning 
xulosalarini,
mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitadi, yozma dalillar bilan tanishadi,
ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechiradi, shuningdek yozma shaklda taqdim etilgan tushuntirishlar,
ko‘rsatuvlar va xulosalarni o‘qib eshittiradi.
Audio- va videoyozuvlarni namoyish qilish sud majlisi zalida yoki ushbu maqsad uchun
maxsus jihozlangan boshqa xonada amalga oshiriladi. Audio- va videoyozuvlar namoyish
qilinganligi fakti sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
12

66 — 79

80

87

88

165

167

169

170-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi oliy xo‘jalik sudi Plenumining
28.11.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda
protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 270-sonli 
Qarori
.
169-modda. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini hal
qilishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish to‘g‘risidagi hamda ish
muhokamasi bilan bog‘liq boshqa barcha masalalar bo‘yicha arizalari va iltimosnomalari ishda
ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari sud tomonidan eshitib bo‘linganidan keyin hal qilinadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini ko‘rish natijalari bo‘yicha
ajrim chiqariladi.
Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini qanoatlantirish
to‘g‘risidagi yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi xulosalari ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha
chiqarilgan sud hujjatida bayon qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
165 — 168-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling