O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

166-modda. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar
videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga haqli.
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida shaxslarning ishtirok etish huquqi haqida ishni
sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatilib, ajrim ishda ishtirok etuvchi
shaxslarga, odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarga hamda ularning bunday
majlisda ishtirok etishiga ko‘maklashadigan tegishli sudga yuboriladi.
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sud ishda ishtirok
etuvchi shaxslarning va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning vakillari
vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomalar, shuningdek sud majlisida taqdim etilgan dalillar ishni
ko‘rayotgan sudga yuborilishini ta’minlaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi
shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi birinchi, apellatsiya
va kassatsiya instansiyalari sudlarining sud majlisida amalga oshirilishi mumkin.
167-modda. Sud majlisidagi tartib
Sudyalar majlis zaliga kirib kelganida va undan chiqib ketayotganida zalda hozir
bo‘lganlarning barchasi o‘rinlaridan turadi.
Sud jarayoni ishtirokchilari sudga “Hurmatli sud!” degan so‘zlar bilan murojaat qiladi. Ular
sudga o‘z tushuntirishlari va ko‘rsatuvlarini, savollarga javoblarini tik turib beradi. Bu qoidadan
chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Sud majlisi sudning normal ishlashini va sud jarayoni ishtirokchilarining xavfsizligini
ta’minlaydigan sharoitlarda o‘tkaziladi. Sud majlisi zalida hozir bo‘lgan hamda sudning ruxsati bilan
sud majlisining fototasvirini, videoyozuvini, radio va televideniye orqali translatsiyasini amalga
oshirayotgan shaxslarning harakatlari sud majlisidagi tartibga xalaqit bermasligi kerak. Bu
harakatlar sud tomonidan vaqt bo‘yicha cheklanishi mumkin.
Majlis vaqtida tartib buzilgan taqdirda, raislik qiluvchi tartibni buzgan shaxsni sud nomidan
ogohlantiradi. Tartib takroran buzilgan taqdirda, mazkur shaxs raislik qiluvchining farmoyishi bilan


sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin.
Sudning hal qiluv qarorini majlis zalida hozir bo‘lganlarning barchasi tik turib eshitadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
164 — 166

168 — 175-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling