O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

172-modda. Sud majlisida tanaffus
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra sud
majlisida tanaffus e’lon qilishi mumkin.
Sud majlisida tanaffus uch kundan oshmagan muddatga e’lon qilinishi mumkin. Tanaffus
haqida sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Tanaffus tugaganidan keyin sud majlisi davom ettiriladi, bu haqda raislik qiluvchi sud
majlisida e’lon qiladi. Tanaffusdan oldin tekshirilgan dalillarni takroran ko‘rib chiqish amalga
oshirilmaydi, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vakillari almashtirilganda ham
amalga oshirilmaydi.


Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tanaffus e’lon qilinguniga qadar sud majlisida hozir
bo‘lganligidan yoki bo‘lmaganligidan qat’i nazar, sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda
xabardor qilingan hisoblanadi hamda ularning tanaffus tugaganidan keyin sud majlisiga
kelmaganligi sud majlisini davom ettirishga to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
165

167

169

171-moddalari
.
173-modda. Sud muzokaralari
Barcha dalillarni tekshirish tugaganidan keyin sud majlisida raislik qiluvchi ishda ishtirok
etuvchi shaxslardan ularda ish bo‘yicha qo‘shimcha materiallar bor-yo‘qligini aniqlaydi. Sud bunday
materiallar mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud muzokaralariga o‘tadi.
Sud muzokaralari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning og‘zaki chiqishlaridan iborat bo‘ladi.
Muzokaralarda ular ish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini asoslaydi.
Sud muzokaralarida birinchi bo‘lib da’vogar, keyin nizoning predmetiga nisbatan mustaqil
talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs va javobgar so‘zga chiqadi. Nizoning predmetiga nisbatan
mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishda qaysi da’vogarning yoki javobgarning
tarafida ishtirok etayotgan bo‘lsa, shu da’vogardan yoki javobgardan keyin so‘zga chiqadi.
Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish
maqsadida sudga murojaat etgan prokuror, shuningdek davlat organlarining va boshqa
shaxslarning vakillari sud muzokaralarida birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi.
Sud muzokaralari ishtirokchilari sud tomonidan aniqlanmagan holatlarga va sud majlisida
tekshirilmagan yoki sud tomonidan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan deb tan olingan dalillarga tayanishga
haqli emas.
Ishda ishtirok etuvchi prokuror sud muzokaralarida nizoning mazmuniga doir fikrini oxirgi
bo‘lib bayon etadi, bundan ushbu moddaning 
to‘rtinchi qismida 
nazarda tutilgan hollar mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
165

167-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling