O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Dalillarni tekshirishni tiklash


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

174-modda. Dalillarni tekshirishni tiklash
Agar sud muzokaralari vaqtida yoki ulardan keyin sud qo‘shimcha holatlarni aniqlash yoki
yangi dalillarni tekshirish zarur deb tan olsa, u dalillarni tekshirishni tiklaydi, bu haqda sud majlisi
bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Dalillarni qo‘shimcha tekshirish tugaganidan keyin sud muzokaralari ushbu Kodeksda
belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
12

66 — 79

80

87

88

165

167 — 169

170-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi oliy xo‘jalik sudi Plenumining
28.11.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda
protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 270-sonli 
Qarori
.
175-modda. Sud hujjatini qabul qilish uchun sudning alohida xonaga (maslahatxonaga)
kirishi
Sud ish bo‘yicha dalillarni tekshirish va sud muzokaralari tugaganidan keyin sud hujjatini
qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
168

173-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang:O‘zbekiston Respublikasi oliy sudi Plenumining, O‘zbekiston
Respublikasi oliy xo‘jalik sudi Plenumining 20.12.1996-yildagi “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi 1/60-sonli
qarorining 
8-bandi
.
21-bob. Sudning hal qiluv qarori
1-§. Hal qiluv qarorini qabul qilishning umumiy qoidalari
176-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish
Sud ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qiladi.


Sud hal qiluv qarorini O‘zbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi.
Hal qiluv qarori sudyalar maslahati sirini saqlash ta’minlanadigan sharoitlarda, sud majlisida
ishtirok etayotgan sudyalar tomonidan qabul qilinadi.
Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotgan xonada faqat ishni ko‘rib chiqayotgan sud tarkibiga
kiradigan sudyalar bo‘lishi mumkin. Ushbu xonaga boshqa shaxslarning kirishi, shuningdek sud
tarkibiga kirmaydigan shaxslar bilan muloqotda bo‘lishning boshqa usullari taqiqlanadi.
Sudyalar hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘idagi muhokama mazmuni to‘g‘risidagi, sud
tarkibiga kirgan ayrim sudyalarning nuqtai nazari haqidagi ma’lumotlarni biror-bir shaxsga xabar
qilishga, sudyalar maslahati sirini boshqa usulda oshkor qilishga haqli emas.
Sudning hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi kerak. U sud majlisida tekshirilgan
dalillargagina asoslangan bo‘lishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 11-moddasining 
beshinchi qismi
, 167-moddasining
beshinchi qismi

177 —
179-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang:O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi
qo‘shma qarorining 
8-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi
270-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda protsessual
qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
12.1-bandi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori
to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining 
oltinchi xatboshisi

11-bandi
 va 12-bandining 
uchinchi xatboshisi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling