134-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish
Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) uning shartlari qonunchilikka zid bo‘lsa;
2) uning shartlari uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lsa;
3) u shart asosida tuzilgan bo‘lsa.
Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
130 — 133-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun
normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining
ikkinchi xatboshisi
,
13-
bandi
, 19-bandining
ikkinchi xatboshisi
.
II BO‘LIM. BIRINChI INSTANSIYA SUDIDA ISh YURITISh
17-bob. Sud buyrug‘i
135-modda. Sud buyrug‘i berish bo‘yicha talablar
Sud buyrug‘i sudya tomonidan quyidagi hollarda yakka tartibda beriladi, agar:
1) soliq qarzini undirishni yuridik shaxslarning va fuqarolarning mol-mulkiga qaratish
to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lsa;
2) kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari to‘lovi bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida
tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab bildirilgan bo‘lsa;
3) hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzini undirish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lsa;
4) talab to‘lanmagan, akseptlanmagan va akseptga sana qo‘yilmagan veksel notarius
tomonidan protest qilinishiga asoslangan bo‘lsa;
5) yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining
ta’minoti bo‘lgan mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lsa.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 5-moddasining
birinchi
,
oltinchi qismlari
,
136 — 147-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-
yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida” gi 4-sonli
Qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 05.12.2013-yildagi “Sud
buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” gi 254-sonli
Qarori
.
Do'stlaringiz bilan baham: |