83-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi
Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert
ixtisosligidagi bir nechta ekspert tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi ekspertizani tayinlagan sud yoki
mazkur ekspertizaning o‘tkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-
ekspertiza tashkiloti yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Ekspertizani o‘tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan masalalarni hal
etish zarurligidan kelib chiqib, o‘tkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini
kelishib oladi.
Ekspertizani o‘tkazish o‘ziga topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibida har bir ekspert
tekshirishlarni mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan o‘zi va komissiyaning boshqa a’zolari
tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qo‘yilgan masalalar yuzasidan xulosalarini o‘z
maxsus bilimlari doirasida shakllantiradi.
Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan to‘liq yoki
qisman o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
80 — 82
,
84 — 86-moddalari
, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning
19-moddasi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarorining
8.1
,
8.2-bandlari
, 8.3-bandining
uchinchi xatboshisi
,
10-bandi
, 12-bandining
ikkinchi xatboshisi
, 13-
bandining
birinchi xatboshisi
, 14-bandining
birinchi xatboshisi
, 16-bandining
birinchi — to‘rtinchi
,
oltinchi
xatboshilari
,
19-bandi
, 20-bandining
ikkinchi xatboshisi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |