O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Ekspertizani o‘tkazish tartibi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 82-modda. Qo‘shimcha va takroriy ekspertizalar
81-modda. Ekspertizani o‘tkazish tartibi
Ekspertiza sud majlisida yoki agar tekshirishning xususiyatiga ko‘ra zarur bo‘lsa yoxud tekshirish obyektlarini majlisga olib kelish imkoni bo‘lmasa, sud majlisidan tashqarida o‘tkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lishga haqli, bundan ushbu ishtirok etish ekspertning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 80 , 82 — 86-moddalari , “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonun 17- moddasining uchinchi — beshinchi qismlari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 10 — 15-bandlari . 82-modda. Qo‘shimcha va takroriy ekspertizalar Qo‘shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 16-bandining uchinchi xatboshisi . Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslanmagan bo‘lsa yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda takroriy ekspertiza tayinlanadi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 16-bandining to‘rtinchi xatboshisi . Takroriy ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo‘llanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilishi mumkin. Takroriy ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda takroriy ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga rozi emasligi sabablari ko‘rsatilishi lozim. Takroriy ekspertizani o‘tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani o‘tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) takroriy ekspertizani o‘tkazishda hozir bo‘lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishda va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 80 , 81 , 83 — 86-moddalari , “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonun 18- moddasi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik s udi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi , 16-bandining birinchi , ikkinchi , beshinchi , oltinchi xatboshilari . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling