O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

75-modda. Yozma dalillar
Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan
hujjatlar, shartnomalar, ma’lumotnomalar, amaliy yozishmalar, shu jumladan faksimil, elektron yoki
boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning ishonchliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda
olingan o‘zga hujjatlar va materiallar yozma dalillardir.
Yozma dalillar asl nusxada yoki tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxada taqdim etiladi.
Agar ko‘rilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi aloqador bo‘lsa, uning tasdiqlangan ko‘chirmasi
taqdim etilishi mumkin.
Ish holatlari qonunchilikka muvofiq hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim
bo‘lsa, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan ularning asl nusxalari taqdim etiladi.
Sudga taqdim etiladigan, to‘liq yoki qisman chet tilida tuzilgan yozma dalillarga ularning
tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinadi.
Chet davlatda olingan hujjat, agar u qonunchilikda belgilangan tartibda legallashtirilgan
bo‘lsa, sudda yozma dalil deb tan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda chet davlatda
olingan hujjat legallashtirilmasdan sudda yozma dalil deb tan olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
66 — 74

76 — 79-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang:O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.1999-
yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar
to‘g‘risida”gi 16-sonli qarorining 
5-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.11.2014-
yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi fuqarolik qonun
hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 269-sonli qarori 11.1-bandining 
ikkinchi
xatboshisi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling