O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud muhokamasining bevositaligi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

12-modda. Sud muhokamasining bevositaligi
Sud ishni muhokama qilishda ish bo‘yicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 168-moddasining 
birinchi qismi
.
13-modda. Ishlarni qonunchilik asosida hal qilish
Sud ishlarni O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi
va qonunlari, boshqa qonunchilik
hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi.
Sud ishni ko‘rishda davlat organining yoki boshqa organning hujjati qonunga muvofiq
emasligini, shu jumladan ushbu hujjat vakolat doirasidan chetga chiqilgan holda qabul
qilinganligini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 16-moddasining 
ikkinchi qismi

112-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 
7-moddasi
.
Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud
shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qo‘llaydi, bunday normalar
ham mavjud bo‘lmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmuniga tayanib hal
qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
5

6-moddalari
.
Tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va
nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishda
qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha
bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin
etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi
Qonunining 
11-moddasi
.
Sud O‘zbekiston Respublikasining qonuniga yoki xalqaro shartnomasiga muvofiq chet
davlatlarning huquq normalarini qo‘llaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
VI bo‘limi
(“Xalqaro xususiy huquq normalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan tatbiq qilish”).

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling