Turkiy bitiktoshlartarixiy manbaa sifatida
Tosh va yozma badiiy bitiglarning topilishi turkiy adabiyot tarixida yangi
davrni boshlab berdi. Мarkaziy Osiyoga arablarning kelishiga qadar yaratilgan
yozma adabiyotni o’rganishda O’rxun va Enasoy daryolari yoqasidan topilgan
tosh bitiglar alohida ahamiyatga ega. Turkiy halqlarning bu adabiy-tarixiy
yodgorliklari VI-VIII asrlarga oid bo’lib, ular turk runiy yozuvlari deb yuritiladi.
Turkiylarda tosh bitiglar tarixi uzoq tarixga ega. 1970-yilda Olmaotadan 50
kilometr uzoqlikdagi Esik shaharchasidan topilgan qabrdan Urxun alifbosidagi
harflar bitilgan runiy yozuvdagi tosh bitig qo’lga kiritilgan edi.
«Xonning o’g’li 23 yoshida o’ldi. Issiq elining boshi omon bo’lsin!»
Qabr qaysi xonga tegishli ekanligi aniqlanmagan bo’lsa-da, yozuv bundan
2500-yil muqaddam yaratilgani isbotlangan. Demak, runiy yozuvlarning tarixi
uzoq, bu yozuvda yaratilgan yozma adabiyot ham shunday qadimiylikka egadir.
Lekin mukammal darajadagi tosh bitiglar qo’lga kiritilmaganligi sababli yozma
davrni miloddan oldingi davrlardan boshlashga hali vaqt erta.
Tosh bitiklar Tosh bitiklar turkiy xalqlar tarixida favquloddagi yozma adabiyot emas. Ular qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodining mantiqan davomi, o’zidan avvalgi adabiyotning mazmuni, ruhi, g’oyasini rivojlantirgan yangi shaklidir. Tosh
bitiklardagi arxaik tasvirlar shundan dalolat beradi. I.V.Stebleva, N.Rahmonov va
boshqa olimlar tosh bitiklarning bunday xususiyatlarini asoslab berganlar.
Yodnomalarda bayon qilish usuli va bu usulning uch qat’iy unsurlari–asarda
boshlanma, voqyea rivoji, tugallanmaning mavjudligi turkiy, umuman, barcha
xalqlar og’zaki ijodiga xos arxaik xususiyatlardir. Tosh bitiklar qadimgi turkiy
xalqlar og’zaki ijodining davomi sifatida yuzaga kelganligining asoslari mavjud.
Ungin yodnomasi shunday boshlanadi: Achumiz, apamiz Yamы qag’an Tort bulungug’ qismish,yig’mish, yamыsh, basmish,mOl qan yoq boltuqta kasra
Al yitmish, ыchxinmish (Achamiz, otamiz Bumin qog’an To’rt bo’lakni qismish, yig’mish, yoymish, bosmish Ul xon yo’q bo’lgandan so’ngra El yo’q bo’lmish, qochishmish
Do'stlaringiz bilan baham: |