Janubiy Amerika - Janubiy Amerikadagi And tog'larining hozirgi Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Shimoliy Chilida, ya'ni katta xududda kechua til oilasiga oid turli elat va qabilalardan tashkil topgan yuksak madaniyatli Ink davlati bo'lgan. Bu yerda 1 minginchi yillikda kechua va aymara tillaridagi ko'plab mayda qabilalar yashagan. Rivoyatlarga karaganda,XIII asrlarga kelib shu kabilalardan Kusko vohasida joylashgan Inklar kuchayib 1438 yildan qabilalar ittifoqiga bosh bo'ladi va oliy kasta deb taniladi. Boshqa barcha qabilalar unga bo'ysunib soliq to'lab turgan.
Andlik indeyslar Amerika qit'asiga mansub chorvachilikni bilgan yagona elatlardan biridir. Kechua va aymara xalqlari lama va alpaka hayvonlarni ko'lga o'rgatib, yuk tashishda foydalanganlar. Gushti, yogi, terisi, juni va suyagidan xo'jalikda keng foydalanganlar. Lama yovvoyi turini 3 yilda bir marta mol qo'ralarga kamab, junini olib, keyin qo'yib yuborganlar. Dengiz cho'chqasi va o'rdaklarni ovlaganlar, go'shtini iste'mol qilganlar. Uy hayvonlaridan faqat it saqlaganlar. - Andlik indeyslar Amerika qit'asiga mansub chorvachilikni bilgan yagona elatlardan biridir. Kechua va aymara xalqlari lama va alpaka hayvonlarni ko'lga o'rgatib, yuk tashishda foydalanganlar. Gushti, yogi, terisi, juni va suyagidan xo'jalikda keng foydalanganlar. Lama yovvoyi turini 3 yilda bir marta mol qo'ralarga kamab, junini olib, keyin qo'yib yuborganlar. Dengiz cho'chqasi va o'rdaklarni ovlaganlar, go'shtini iste'mol qilganlar. Uy hayvonlaridan faqat it saqlaganlar.
- Ink davlatida hunarmandchilik rivojlangan. Metall qazib olishni bilganlar. Mis, kumush, oltin, simob va boshqa rangli metallarni, xatto jezni ham ishlab chiqarganlar, turli qurol( o'rok, bolta, pichoq), bezaklar va diniy buyumlar yasaganlar. Charxsiz naqsh berilgan ajoyib sopol idishlar va xaykalchalar ishlaganlar, paxta va jundan chiroyli, nozik matolar tukiganlar. Hech qanday qorishmasiz yirik kesilgan tosh bo'laklaridan dabdabali ibodatxona va qasrlar tiklaganlar. Oddiy kishilarning uylari toshdan yoki g'ishtdan qurilib, qamish yoki somon bilan yopilgan, oynasiz va chipta eshikli kichkina xonalardan iborat bulgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |