Jahon xalqlari etnografiyasi
Download 17 Kb.
|
jahon etnologiyasi
Asosiy ijtimoiy birlik qishloq jamoasi (aylyu) hisoblangan. Yer bosh hokimning mulki hisoblansa ham, har yili jamoa a'zolari (oilalar) ga taqsim qilib berilgan. Oliy hokim va kohinlarga maxsus yerlar ajratib berilgan, uni jamoa a'zolari ishlab hosilini yig'ib berganlar. Davlat tuzumi uziga xos quldorlik, imperiya xisoblangan. Inklar yuqori tabaqa deb tanilib, mehnatdan ozod bo'lib, boshqa qabilalar hisobiga yashaganlar. Soliqdan kechua qabilasi ham ozod bo'lgan, boshka qabilalar inklarga qaram bo'lib, soliq to'laganlar, qul yetkazib berganlar. Ammo, urugchilik munosabatlari (fratriylik) saqlangan. Inklar hatto kiyim va bezaklari bilan ajralib, hukmron kastaga aylangan, hokim va kohinlar ham ulardan saylangan. Oliy inka quyosh o'gli hisoblangan. Unga boshqalar itoat kilgan. Inklar davlatida politeistik (ko'p xudolik) dinlar keng tarkalgan. Quyoshga ibodat qilish eng muhim xisoblangan, shuning uchun oliy inka ham xudo darajasiga ko'tarilgan.
Download 17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling