Jahon xo`jaligida globalizatsiyaning asosiy yo`nalishlari
Download 44.14 Kb.
|
5 mavzu Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti
Tayanch iboralar: “katta ettilik”, YAIM darajasi, tashqi savdo hajmi, resurslarga ehtiyoj, TMK, sanoatlashish darajasi, postindustrializatsiya, xizmatlar sohasi ulushining ortib borishi.
Bobning qisqacha xulosasi:Jahon xo‘jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o‘rni juda katta bo‘lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa qit’asi va Shimoliy Amerika materigida joylashgan. Rivojlangan (ayniqsa “katta yettilik” G7 yoki RFning qo‘shilishi bilan ataluvchi “katta sakkizlik” G8) davlatlar iqtisodiyotini o‘rganish va ularning iqtisodiy rivojlanish tajribasidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu mamlakatlar iqtisodiyotida tabiiy resurslardan tejamli foydalaniladi, ishlab chiqarishda esa energetika quvvatini pasayishiga yo‘l ko‘yilmaydi. Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida yirik TMKlar va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (EI, NAFTA, ASEAN va boshqalar) muhim rol o‘ynamoqda. O‘zbekistonning rivojlangan mamlakatlar bilan( ayniqsa, YEI, RF, AQSH, Osiyo-Tinch okeani davlatlari) olib borayotgan savdo-aloqalari yildan – yilga kengayib bormoqd Xulosa Yaponiyaning “Honda motor kompani limited” kompaniyasi jahon kapitalistik dunyosida mototsikllar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha esa kompaniya mamlakatda 5-o‘rinda turadi. “Honda” kompaniyasi 1948 yilda tashkil topgan bo‘lib AQSHning “Ford” va “Kraysler” kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Kompaniya hissasiga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning 60-62%i, mototsikllarning 28-30% i, qishloq xo‘jalik mashinalarining 12-13% i to‘g‘ri keladi. “Honda motor” kompaniyasi 1990 yillar boshida 900 mingdan ortiq kichik hajmli avtomobillarni ishlab chiqargan bo‘lib, uning 2G’3 qismini eksportga (asosan AQSHga) chiqargan. Kompaniya Yaponiyaning avtomobil bozorlarini 6-8% ni egallab turibdi. “Honda motor” kompaniyasining kvotasi 1970-1990 yillar davomida 32% dan 75% ga qadar o‘sgan. Kompaniya jahon mamlakatlarining oltitasida avtomobil, 27 tasida esa mototsikllar ishlab chiqaradi. Kompaniyaning yirik filiallari Tayland, Avstraliya, Braziliya, Belgiya va AQSHda ishlab turibdi. Yaponiyaning “Soni korporeyshn” kompaniyasi kapitalistik dunyoning eng yirik rangli televizor va videomagnitofonlar ishlab chiqarishga asoslangan kompaniyalaridan biridir. Kompaniya jahon bozorlariga yuqori sifatli ovoz tarqatuvchi apparatlar, radiopriyomniklar va magnitofonlarni chiqaradi. Kompaniya 1946 yilda tashkil topgan, 1990 yillarda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan magnitofonlarning 19-20% i, ovoz tarqatuvchi kuchli apparaturalarning 9- 10% i, shuningdek boshqa elektron asbob-uskunalarning 16-17% i ushbu kompaniya hissasiga to‘g‘ri kelgan. “Soni” kompaniyasi AQSH, Angliya, Ispaniya, GFR, Braziliya, Janubiy Koreya va Singapurda televizor va magnitofon lentalari ishlab chiqarmoqda. “Soni” kompaniyasining filiallari Avstraliya, Belgiya, Fransiya, Gollandiya, Daniya, Shveysariya, Kanada, Panama, Venesuela, Fidji kabi xorijiy davlatlarda ham ishlab turibdi. Download 44.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling