O’RMON, YOG’OCHNI QAYTA ISHLASH VA SELLYULOZA-QOG’OZ SANOATI O’RMON, YOG’OCHNI QAYTA ISHLASH VA SELLYULOZA-QOG’OZ SANOATI - O’rmon va yog’ochni qayta ishlash sanoatining hududiy joylashuvi ko’p hollarda jahon o’rmon resurslari geografiyasiga monand shakllangan. XXI asr boshlarida jahon bo’yicha jami 4500 mln. m2 yaqin yog’och tayyorlandi. Shuning 2/3 qismiga yaqini Shimoliy o’rmon mintaqasi hissasiga to’g’ri keladi. Ma’lumki, Shimoliy o’rmon mintaqasida, asosan, ignabargli daraxtlar o’sib, ulardan yog’och taxta, selluloza-qog’oz va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ushbu mintaqada joylashgan Kanada, AQSh, Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya davlatlari o’rmon va yog’ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda xalqaro ixtisosiashuvga ega. Bu davlatlar yog’och va selluloza-qog’oz mahsulotlarini tayyorlash va eksport qilishda ham eng yuqori ko’rsatkichga ega. Bu borada Kanada alohida ajralib turadi. U jonboshiga yog’och tayyorlashda birinchi o’rinda turadi. Unda 1500 dan ortiq taxta tilish zavodlari bor. U dunyodagi eng katta selluloza-qog’oz kombinatiga ega. G’arbda ishlab chiqarilayotgan gazeta qog’ozining 40 % i va gazeta qog’ozi eksportining 60 % i ham shu davlat hissasiga to’g’ri keladi. Shu bilan birga jon boshiga qog’oz ishlab chiqarishda Finlyandiya, Shvetsiya va Kanada davlatlari oldinda turadi. Jahon bo’yicha bu ko’rsatkich o’rtacha 70 kg ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |