Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti reja


Download 0.62 Mb.
bet17/20
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#225920
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
jahon xojaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti

Mashinasozlikning rivojlanish darajasiga ko’ra jahonning to’rt mintaqasi alohida ajralib turadi. Ularning eng yirigi Shimoliy Amerika mintaqasidir. Undagi AQSh, Kanada va Meksika davlatlari hissasiga jahon mashinasozlik mahsulotlarining 30 foizi to’g’ri keladi va deyarli barcha xildagi mashina va uskunalar ishlab chiqariladi.

  • Mashinasozlikning rivojlanish darajasiga ko’ra jahonning to’rt mintaqasi alohida ajralib turadi. Ularning eng yirigi Shimoliy Amerika mintaqasidir. Undagi AQSh, Kanada va Meksika davlatlari hissasiga jahon mashinasozlik mahsulotlarining 30 foizi to’g’ri keladi va deyarli barcha xildagi mashina va uskunalar ishlab chiqariladi.
  • Ikkinchi mintaqa Yevropa mamlakatlari bo’lib, ishlab chiqaradigan mahsulotlari hajmi va sifati jihatidan birinchi mintaqadan hech ham qolishmaydi. U asosan, ommaviy mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
  • Mashinasozlikning uchinchi mintaqasi Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridir. U an’anaviy mashinasozlik mahsulotlari bilan birga yuqori texnologiyaga asoslangan fantalab hisoblash texnikasi (radio-telemexanika, maishiy xizmat texnikasi) mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Unda Yaponiyaning o’rni eng yuqori.
  • Sobiq Ittifoq mamlakatlari jahonning to’rtinchi mashinasozlik mintaqasini tashkil qiladi. Garchi mintaqa mashinasozlikning eng muhim mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo’lsa-da, sifat ko’rsatkichlariga ko’ra boshqa mintaqalardan orqada.
  • Ayniqsa, fantalab mashinasozlik tarmoqlari nisbatan sust rivojlangan. Shu sababli uning mavqeyi tobora pasayib bormoqda.
  • Barcha rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga dunyo mashinasozlik mahsulotlarining 1/10 qismiga yaqini to’g’ri keladi. Ammo hozirgi vaqtda ularda mashinasozlik sanoatining o’sish sur’atlari ancha yuqori. Ayniqsa, Braziliya, Hindiston, Argentina, Meksika, Osiyoning yangi industrial davlatlarida bu borada sezilarli yutuqlar kuzatilmoqda. Bu holat yaqin kelgusida ular hissasining oshishiga olib keladi.
  • Ba’zi mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eng yirik davlatlar qatorida rivojlangan mamlakatlar bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlar ham tobora ko’p ko’zga tashlanmoqda.

  • Download 0.62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling