Reja: 1.Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. 2.Rivojlangan mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ishtirokining umumiy xususiyatlari. 3.Ayrim rivojlangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy faoliyati va ularning eksport va import tovar tuzilmasi. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. - XXI asr boshlarida rivojlangan mamlakatlar 40 tadan ozroqni tashkil etgan. Ular G’arbiy yevropada, SHimoliy Amerikada, Osiyoda, Avstraliya va Okeaniyada joylashgan, 29 tasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zodir. 7 davlat AQSH, YAponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Kanada va Italiya “katta yettilik” deb yuritiladi. Aynan shu mamlakatlar umumjahon xo’jaligining asosiy rivojlanish yo’nalishlarini va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydilar. Ayrim bir mamlakat va guruhlarning rivojlanish darajasi ko’rsatkichlarini YAIM kishi boshiga taqsimotidagi darajasi belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |