YENGIL SANOAT YENGIL SANOAT - Yengil sanoat aholining kundalik iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaradigan eng yirik tarmog’idir. Shu sababli u barcha, shu jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining muhim tarmog’i sanaladi. Yengil sanoatda eng yetakchi tarmoq to’qimachilikdir.
- To’qimachilik sanoati, bir tomondan, sanoatning eng «eski», ikkinchi tomondan esa doimo yangilanayotgan va o’sayotgan tarmoqlaridan hisoblanadi.
- Hozirgi vaqtda jahon to’qimachilik sanoatining beshta yirik mintaqasi mavjud. Bular Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Sobiq Ittifoq mamlakatlari, Yevropa va AQShdir. Ularda to’qimachilik mahsulotlarining asosiy qismini ip-gazlamava kimyoviy tolalardan to’qilayotgan gazlamalar tashkil qiladi. Muhimi shundaki, bunday gazlamalarning umumiy hajmi doimo ortib bormoqda. Shoyi, jun va zig’ir gazlamalar hissasi esa aksincha, sekin-asta kamayib bormoqda.
- Umuman, hozirgi vaqtda jahon yengil sanoatining ko’pchilik tarmoqlari rivojlanayotgan mamlakatlarda tezroq sur’atlarda o’smoqda. Buning natijasida Xitoy, Hindiston, Pokiston, Misr kabi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan gazlamalar, kiyim-kechak, trikotaj mahsulotlari Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning ichki bozorida o’z o’rnini topmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi bunday natijalarni ularda: 1) ishchi kuchining ancha areonligi; 2) to’qimachilik sanoati xomashyolari (tola)ning nisbatan serobligi bilan tushuntirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |