KIMYO SANOATT KIMYO SANOATT - Kimyo sanoati FTI davrida sanoatning rivojlangan tarmoqlaridan biridir. U XX asr davomida alohida tarmoq sifatida shakllandi va eng yuqori sur’atlarda rivojlanishga erishdi. Ko’p sifatlariga ko’ra mazkur tarmoq mashinasozlik sanoatiga o’xshab ketadi. U ham to’rt mintaqada har taraflama rivojlanishga erishgan. Bular Yevropa, Shimoliy Amerika, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo va Sobiq Ittifoq davlatlaridir.
- Hozirgi vaqtda jahon kimyo mahsulotlarining 2/5 qismi Yevropada ishlab chiqarilmoqda. Unda va ikkinchi mintaqa hisoblanadigan Shimoliy Amerika (ayniqsa, AQSh)da kimyo sanoatining deyarli barcha tarmoqlari, birinchi navbatda, neftni qayta ishlash va neft kimyosi har taraflama rivojlangan. Uchinchi mintaqaning o’zagi Yaponiya, qisman Xitoy hisoblanadi. Ularda ham organik sintez kimyosining sintetik tola, sintetik kauchuk, polimerlar kimyosi tarmoqlari yuqori mavqega ega. Sobiq Ittifoq davlatlaridan iborat to’rtinchi mintaqada, ayniqsa, tog’ kimyosi va asosiy kimyo tarmoqlarining ahamiyati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |