262
e) aksiyador korxonalarda aksiyalar chiqarish va sotish yo‗li bilan
vujudga keladigan mablag‗lar (kapitali) va
boshqa manbalar hisobidan
tashkil topadi.
Korxonaning o‗z aylanma mablag‗lari uning kapitalida o‗z ifodasini
topadi. Ustav kapitali asosan foyda hisobidan yoki qo‗shimcha aksiyalar
chiqarish va sotish hisobidan ko‗paytirib boriladi. Korxonaning o‗z
kapitalining miqdori qancha yuqori bo‗lsa, uning faoliyati shunchalik
boshqa
kreditorlarga
bog‗liq
bo‗lmaydi,
ya‘ni o‗z
aylanma
mablag‗larining yuqori salmog‗i korxonaning moliyaviy jihatdan
mustaqilligidan dalolat beradi.
Aylanma aktivlarning
ikkinchi manbasi - bank krediti va boshqa
qarz mablag‗lari hisoblanadi. Korxonaning normal faoliyatini olib borish
uchun o‗z aylanma mablag‗lari yetarli bo‗lmasa, xo‗jalik subyekti o‗z
faoliyatini normal olib borishi uchun oborotiga
qisqa muddatli bank
kreditlarini jalb qilishi mumkin. Xo‗jaliklar faoliyatida bunday ahvol
mavsumiy va vaqtinchalik zaxiralar
va xarajatlarni qoplash, akkreditiv
ochish va boshqa hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida va boshqa
shunga o‗xshash holatlarda yuzaga keladi.
27-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: