UO„K 336.71(075.8)
KBK 65.262.1
Taqrizchilar:
i.f.d., prof. N.Karimov;
i.f.d., prof. M.Yuldashev
Sh
.
Z.Abdullayeva
A 15 Bank ishi: Darslik / Sh
.
Z.
Abdullayeva; O‗zbekiston Respublikasi Oliy va
o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2017. – 732 b.
Mazkur «Bank ishi» darsligi kadrlar tayyorlash bo‗yicha Davlat ta‘lim
standarti talablariga muvofiq ishlab chiqilgan namunaviy o‗quv dasturi asosida
yaratilgan.
Unda banklar faoliyati turli jihatlardan mujassamlashtirilgan bo‗lib, bank
tizimi va uning bo‗g‗inlari, Markaziy bank va tijorat banklari faoliyatini tashkil
qilishning
huquqiy va iqtisodiy asoslari, tijorat banklari faoliyatining Markaziy
bank tomonidan muvofiqlashtirilishi,
shuningdek, tijorat banklarining passiv va
aktiv operatsiyalari, ularning resurslari, kapitali, aktivlari
va ularning sifati, tijorat
banklarining valyuta va qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalari, daromadlari va
xarajatlari, ularning foydasi kabi mavzular o‗z ifodasini topgan.
Darslikda tijorat
banklari tomonidan kreditlashni tashkil etish, mijozning kreditga layoqatliligini
aniqlash, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni kreditlash, kreditlarning
ta‘minlanganligi, tijorat banklarining lizing,
faktoring, forfeyting operatsiyalari,
foiz siyosati, tijorat banklarining likvidliligi va to‗lovga layoqatliligi, bank risklari,
banklarning yangi xizmatlari kabi mavzular ham yoritilgan. Mazkur darslikdan
bankirlar, moliya, buxgalteriya hisobi va audit yo‗nalishi bitiruvchilari,
magistrlar
va doktorantlar hamda bank xodimlari foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: