Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

UO„K 336.71(075.8) 
KBK 65.262.1 
© Sh

Z. Abdullayeva, 2017 
ISBN 978-9943-13-659-5 © «IQTISOD-MOLIYA», 2017 
15
chegaralarida birlashganlar. G‗arbiy Yevropada oddiy ayirboshlash 
idoralaridan bank uylariga o‗tish jarayoni XVI-XVII asrlarda ro‗y berdi. 
Ko‗pchilik iqtisodchilar bank mohiyatini ssuda (kredit) operatsiyalarida 
ko‗rishga moyildirlar. Shuni hisobga olish kerakki, har bir davlatda bank 
faoliyati qonuniy ta‘riflarining o‗ziga xos xususiyatlari mavjud. 
Masalan, bank ishining bir necha asrlik an‘analariga ega bo‗lgan 
Angliyada 1979-yilda banklar to‗g‗risida qabul qilingan qonunda ―bank‖ 
atamasining ta‘rifiga alohida e‘tibor berilgan. Britaniyalik qonun 
chiqaruvchilar bank ta‘rifini ancha soddalashtirganlar, ya‘ni ular bank 
deganda Angliya Davlat banki bank deb tan olgan har qanday 
kompaniya tushunilishi mumkinligini qayd etganlar. To‗g‗ri, o‗z 
navbatida, Angliya banki jahon tajribasi nuqtayi nazaridan umum tan 
olingan bank xususiyatlariga ega bo‗lgan mezonlarni o‗rnatgan. 
Xususan, bank maqomiga da‘vo qiluvchi kompaniya omonatlar qabul 
qilayotgani, kreditlar berayotgani, eksport-import va boshqa moliya 
operatsiyalarini amalga oshirayotganligi, valyuta ayirboshlayotganligi, 
investitsion xizmat ko‗rsatayotganligi va moliya bilan bog‗liq masalalar 
bo‗yicha maslahatlar berayotganligini isbot qilishlari ham kerak. 
Uzoq yillar davomida jamiyatning rivojlanishi va unga mos tovar-
pul munosabatlarining o‗sib, takomillashib borishi banklarning 
operatsiyalari va ko‗rsatadigan xizmatlari ko‗lamining kengayib 
borishiga, jamiyat a‘zolarining pulga bo‗lgan talabining oshib borishiga 
olib kelgan. Davlat, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatini 
muvofiqlikda olib borish, davlat va jamiyat a‘zolarining pul 
mablag‗lariga bo‗lgan talablarini qondirgan holda, davlatning iqtisodiy 
jihatdan o‗sishi va barqarorligini ta‘minlash maqsadida banklar o‗rtasida 
bajariladigan funksiya va operatsiyalar ko‗lami taqsimlana borgan, ya‘ni 
davlat nomidan, davlat manfaatlarini himoya qilgan holda faoliyat 
ko‗rsatuvchi banklar va alohida jamiyat a‘zolari bilan ishlovchi banklar 
yoki yuqoridagi ikki yo‗nalishni ham o‗zida mujassamlashtirgan banklar 
(oxirigisiga sobiq Ittifoq davridagi Davlat bankini kiritish mumkin) 
shakllana borgan. 
Hozirgi vaqtda jahonda banklar faoliyatida umum qabul qilingan 
tizim ikki pog„onali bank tizimi hisoblanadi va u davlat Markaziy banki 
va tijorat banklari tarmog‗ini o‗z ichiga oladi. 


14
berish bo‗lsa, ikkinchidan, pul mablag‗larini almashtirib berishdan 
iborat ekanligini ko‗rish mumkin. 
Banklarning paydo bo‗lishi va foaliyat ko‗rsatishining asosi - pul 
ayirboshlash bo‗yicha ehtiyojning yuzaga kelganligidadir. Bunda 
Yevropani yorqin misol qilib ko‗rsatish mumkin. O‗rta asrlarda (pul) 
tangalarning yagona tizimi mavjud bo‗lmagan. Savdo turli mamlakatlar, 
shaharlar, hatto, alohida shaxslarning tangalari orqali olib borilgan. 
Barcha tangalar turli vazn, shakl va nominalga ega bo‗lgan. Shuning 
uchun tangalar bilan shug‗ullanuvchi va ayirboshlashni olib bora 
oladigan mutaxassislar o‗z ayirboshlash stollari bilan qizg‗in savdo 
ketayotgan joylarga joylashishgan. Shu bois, ―bank‖ so‗zi italyancha 
―banco‖ - ayirboshlovchining oldidagi stol degan ma‘noni anglatuvchi 
so‗zdan kelib chiqqan. Bunga o‗xshash operatsiyalar nafaqat Rimda, 
balki Gretsiya kabi Yevropaning boshqa mamlakatlarida, shuningdek, 
qator Sharq mamlakatlarida ham amalga oshirilgan. 
Pulni saqlash va ayirboshlash bo‗yicha operatsiyalar bilan 
shug‗ullanuvchi shaxslar yig‗ilgan boyliklar - pullar samarasiz, 
harakatsiz yotganini tushunishar va agar mavjud mablag‗larning hech 
bo‗lmaganda bir qismini bo‗lsa ham vaqtinchalik foydalanishga berilsa, 
sezilarli foyda olish mumkinligini bilishar edi. Shunday qilib, pul 
mablag‗iga ehtiyoj sezgan odamlarga garov asosida pullarni ma‘lum 
muddatga qaytarish va foiz to‗lash shartlari bilan berish asosida ssuda 
(kredit) operatsiyalari paydo bo‗lgan. Bunda garov sifatida uylar, 
kemalar, qimmatli buyumlar, chorva mollari, hattoki, qullar qabul 
qilingan. 
Pul mablag‗larini saqlab beruvchi shaxs xizmatlaridan bir-biri bilan 
o‗zaro hisob-kitoblar bilan bog‗langan bir necha shaxslar foydalanishi 
mumkin bo‗lgani uchun asta-sekin mijozlarga hisob-kitob xizmatini 
ko‗rsatish operatsiyalariga ehtiyoj paydo bo‗la boshladi. Dastavval ular 
quyidagicha amalga oshirilar edi: Har bir omonatchi pulni saqlab 
beruvchida uning ismi yozilgan jadval shaklidagi o‗z hisob varaqasiga 
ega bo‗lgan. Bu jadvalda pullarning harakati (kirim yoki chiqim) aks 
ettirilgan. Barcha operatsiyalarni pulni saqlab beruvchi omonatchining 
og‗zaki yoki yozma buyrug‗i bilan amalga oshirilgan. Bunda mos 
o‗zgarishlar o‗zaro hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi shaxslar 
jadvallariga kiritilar edi. Bu eng sodda xizmatlar naqd pulsiz hisob-
kitoblarning dastlabki shakllarining yuzaga kelishiga zamin yaratgan.
Barcha yuqoridagi operatsiyalar dastlab alohida mavjud bo‗lgan va 
keyinchalik ular biz bank deb nomlashga odatlangan bir xil tashkilotlar 
3

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling