Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


-§. Overdraft bo„yicha kreditlash


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
3-§. Overdraft bo„yicha kreditlash 
 
Overdraft – bu bank tomonidan mijozlarini tezkor yoki operativ 
kreditlash shakllaridan biri bo‗lib, mijozning hisob varag‗ida pul 
mablag‗lari mavjud bo‗lmaganda beriladi. Overdraft krediti bank bilan 


438
doimiy munosabatda bo‗lgan bank va boshqa xo‗jaliklar oldidagi 
majburiyatlarini o‗z vaqtida bajaruvchi moliyaviy jihatdan barqaror 
bo‗lgan xo‗jaliklarga berilishi mumkin Overdraft kreditini berishda 
bank mijoz uchun alohida overdraft hisob varag‗ini ochadi Bu hisob 
varag‗i kredit shartnomasi asosida ochiladi. Bugungi kunda overdraft 
krediti davr talabidan kelib chiqib dunyo davlatlarida keng 
qo‗llanilmoqda. Kreditning bu turi, ayniqsa, kichik biznes, xususiy 
tadbirkorlik subyektlari uchun muhim bo‗lgan kreditlardan hisoblanadi. 
Bu kredit turida bank mijozning hisob yoki joriy varag‗ida to‗lovlarni 
amalga oshirishga pul mablag‗lari yetarli bo‗lmagan holda ushbu 
to‗lovlarni to‗lash uchun ajratadi.
Overdraft krediti belgilangan limit miqdorida tovar-moddiy 
qiymatliklari uchun hisob-kitob hujjatlarini bajarilgan ishlar va 
ko‗rsatilgan xizmatlar haqini va boshqalarni to‗lashga yo‗naltiriladi
Banklarning kredit siyosati bir xil bo‗lmaganligi bois, ular tomonidan 
overdraft kreditlarini berishning ham turli shartlari mavjud. Overdraft 
kreditning ijobiy tomoni shundaki, bu kredit bankning ijobiy kredit 
tarixiga va mazkur bankda hisob varag‗iga ega bo‗lgan mijozlarga 
beriladi hamda mijozning pul mablag‗lari bo‗lmagan holda ham ushbu 
kredit hisobidan to‗lovlarni amalga oshirish, soliqlarni, o‗z bankidan 
olgan kreditlar bo‗yicha foizlarni to‗lashi (ba‘zi banklarda bunga ruxsat 
berilmaydi) mumkin. Faqat bu kredit mijozning boshqa banklardan 
olgan kreditlarini to‗lashga yo‗naltirilishiga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Overdraft krediti bankning o‗z mijoziga, bank kreditlari va ular 
bo‗yicha foizlarni to‗lashda qarzi bo‗lmagan, muddati kechiktirilgan 
qarzlari mavjud bo‗lmagan, kartoteka va sud jarayonlarida krediti 
bo‗lmagan, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlari mavsum bilan 
bog‗liq bo‗lmagan, hisob varag‗iga doimiy pul mablag‗lari tushib 
turadigan kreditga layoqatli bo‗lgan mijozlarga beriladi. 
Qisqa muddatli kreditlash bilan overdraftning quyidagi asosiy 
farqlariga e‘tibor berish lozim. Birinchidan, kredit hisob varag‗idagi 
mablag‗ yetishmovchiligini qoplash uchun mijoz bilan kredit 
shartnomasida limit, miqdor, foiz stavkasi, muddati kelishilgan holda, 
ta‘minotsiz beriladi hamda hisob-kassa xizmatini ko‗rsatishga oid 
shartnoma bo‗yicha muvofiqlashtirilib boriladi. Ikkinchidan, kreditning 
maqsadliligi ko‗zda tutilmaydi, chunki bu kredit loyihalarni 
moliyalashtirish, aylanma mablag‗larni to‗ldirish uchun emas, balki 
mablag‗lar 
kelib tushishi 
va sarflanishi 
o‗rtasidagi mablag‗ 
yetishmovchiligi bo‗yicha qisqa muddatli farqni qoplash uchun beriladi. 
443
summasi) garovga qo‗yilayotgan qimmatli qog‗ozlarning Markaziy bank 
belgilagan tuzatish koeffitsiyentiga to‗g‗irlangan bozor narxidan 
oshmasligi lozim. Bunda kreditlar bo‗yicha foizlar faqat kreditdan 
foydalanilgan davr uchun hisoblanadi. 
Lombard kreditini muddatidan oldin to‗liq yoki qisman to‗lov 
topshiriqnomasi asosida qaytarishi mumkin. 
Agarda bank lombard kreditini qaytarishga doir o‗z majburiyatlarini 
lozim darajada bajarmasa, qonun hujjatlariga muvofiq garovga olingan 
davlat qimmatli qog‗ozlarini sotishdan tushgan tushum hisobiga 
qondiriladi. 
Agarda qimmatli qog‗ozlarni sotishdan olingan summa Markaziy 
bankning lombard krediti bo‗yicha talablari hajmidan oshsa, ushbu 
summa qoldig‗i Markaziy bank talablari qondirilganidan so‗ng, davlat 
qimmatli qog‗ozlari sotilgan kundan keyingi ish kunida qarzdor 
bankning vakillik hisob varag‗iga o‗tkazilishi lozim. 
Agarda davlat qimmatli qog‗ozlarini sotishdan olingan summa 
Markaziy bankning lombard krediti bo‗yicha barcha talablarini 
qondirishga yetarli bo‗lmasa, ko‗rsatilgan qarzni qoplash debet 
memorial orderiga asosan qarzdor bankning vakillik hisob varag‗idan 
undirib olinadi. Markaziy bankka lombard kreditiga doir qarzlarni 
qaytarish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. 
Bunda birinchi navbatda, Markaziy bankning garovga olingan 
davlat qimmatli qog‗ozlarini sotish bilan bog‗liq xarajatlari qoplanadi, 
so‗ngra hisoblangan foizlar summalari, asosiy qarz summasi va eng 
oxirida tegishli jarima summasi undirib olinadi. 
Markaziy bank qarzdor bankdan uning garovga qo‗yilgan davlat 
qimmatli qog‗ozlarini kelishilgan narxda sotib olish huquqiga ega. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling