Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


-§. Iste‟mol krediti, uning turlari va ahamiyati


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
6-§. Iste‟mol krediti, uning turlari va ahamiyati 
 
Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish asosida 
aholining turmush darajasi va farovonligini oshirish, aholining kundan-
kunga o‗sib borayotgan iste‘mol ehtiyojini qondirish, bu borada moliya 
institutlari imkoniyatidan foydalanish masalalariga katta e‘tibor 
qaratilmoqda. Mazkur yo‗nalishda belgilangan vazifalarni hal etishda 
aholiga iste‘mol kreditlari ajratish muhim o‗rin tutadi. Iste‘mol krediti 
aholida o‗z iste‘mol ehtiyojini qondirish uchun yetarli mablag‗lari 
bo‗lmaganda kredit hisobidan uni qondirishga imkon beradi. Iste‘mol 
krediti bilan bog‗liq munosabatlar 2006-yil may oyida kuchga kirgan 
―Iste‘mol krediti to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonuni bilan 
tartibga solinadi. Mazkur qonunga asosan iste‘mol krediti jismoniy 
shaxsga (iste‘molchiga) uning iste‘mol ehtiyojlarini qondirish 
maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan 
kreditdir. Iste‘mol krediti 2 xil shaklda, ya‘ni moliyaviy iste‟mol 
krediti va tovar iste‟mol krediti shakllarida beriladi. 
Moliyaviy iste‟mol krediti sotib olingan tovarlar (xizmatlar) haqini 
to‗lash uchun pul mablag‗lari tarzida banklar va boshqa kredit 
tashkilotlari tomonidan iste‘molchiga beriladi. Iste‘mol kreditining 
ikkinchi shakli bo‗lgan tovar iste‟mol krediti iste‘molchiga iste‘mol 
tovarlarini (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki 
realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan sotib olingan tovarlar, 
bajarilgan ishlar yoki ko‗rsatilgan xizmatlar haqini bo‗lib-bo‗lib to‗lash 
tarzida beriladi. 
Jismoniy shaxsning iste‘mol ehtiyojlari uchun mo‗ljallangan 
tovarlar (ishlar, xizmatlar) iste‘mol krediti obyekti hisoblanadi. 
Iste‘mol krediti iste‘mol krediti shartnomasi bo‗yicha to‗lovlilik, 
muddatlilik va ta‘minlanganlik shartlari bilan beriladi. Iste‘mol kreditini 
olmoqchi bo‗lgan mijoz kreditni qaytarib foiz bilan to‗lash uchun 
435
shartnoma bo‗yicha mijoz bankka, kredit qoldiqda bank mijozga 
kelishilgan summani to‗lab berishi lozim. 
Kontokorrent kredit turli xil shakllarda: naqd pul, o‗tkazmali, 
veksellarni to‗lab berish, qimmatli qog‗ozlarni sotib olish va hokazo 
shakllarda mijozlarga berilishi mumkin. Kontokorrent hisob varag‗idan 
kreditlash uchun an‘anaviy shartlarga ega va kreditning ta‘minlanganlik, 
kafolatlanganligi holda rasmiy shartnoma tuziladi. Ko‗pincha, 
kontokorrent krediti bo‗yicha tuzilgan shartnoma kompaniya ko‗chmas 
mulkining ma‘lum qismi hisobiga ipoteka bilan ta‘minlanadi. 
Kontokorrent kreditining shartlari shartnomada batafsil yoritiladi. Kredit 
berish shartlari quyidagilarga bo‗linadi:
- debitorlik krediti: chet el adabiyotlarida ular kredit uchun pul 
mablag‗larini mobilizatsiyasiga ketgan xarajatday qaraladi;
- komission to‗lovlar: chet el iqtisodchilari tomonidan kredit 
bergandagi risk va rozilikni olgani uchun to‗lov sifatida harakterlanadi.
Adabiyotlarda «sof foiz» termini ko‗p ishlatiladi, bu termin ssuda 
bo‗yicha foizlar va komission to‗lovlar summasini anglatadi. Debitorlik 
foizlari amalda ishlatib bo‗lingan kredit summasidan hisoblanadi. 
Ularning hisob-kitobi asosida Markaziy bankning hisob stavkasi va unga 
qo‗yilgan maxsus bank stavkasi yotadi.
Kontokorrent krediti bo‗yicha foiz stavkalari chet el rivojlangan 
mamlakatlari bank amaliyotining eng yuqori foiz stavkalari safiga 
kiradi. Foiz stavkasini hisoblashda unga hisob stavkasi, nisbatan 
kichikroq qo‗shimcha foiz stavkasi va turli kredit bo‗yicha qo‗shimcha 
komission to‗lovlar kiritiladi. Bunda foizlarni hisoblashning ikki xil 
usulidan foydalaniladi: 
* debitorlik foizlari: foiz stavkasi va yillik 5 foizli foiz stavkasi 
amalda ishlatilgan kredit uchun; 
* kredit bo‗yicha komission to‗lovlar: kredit umumiy summasining 
4 foizi agarda shartnomada ko‗rsatilan shart bo‗yicha kredit to‗liq 
ishlatilmasa; 
* debitorlik foizlarida: hisob stavkasiga ishlatilgan kredit 
summasining 2 foizi; 
* kredit bo‗yicha komission to‗lovlar: shartnomada ko‗rsatilgan 
kredit umumiy summasining 4 foizi miqdorida olinishi mumkin. 
Qarz oluvchi tomonidan foizni hisoblash usulini tanlash amalda 
ishlatilgan kreditning taxminiy o‗rtacha summasiga bog‗liq. 
Shunday holat bo‗lib qolishi mumkinki, taqdim etilgan 
kontokorrent kreditining miqdori mijozning majburiyatlari va talablari 


436
o‗rtasidagi salbiy saldoni qoplay olmay qoladi. Bunday sharoitlarda 
bank o‗zining (maxsus) eng «ishonchli» mijozlariga maxsus bitim 
tuzmasdan ham uncha katta bo‗lmagan kontokorrent kreditini ajratishga 
ruxsat beradi. Agar salbiy saldo shartnomada kelishilgan summadan 
ortib ketish hollari ro‗y bersa, bank bu holatning sabablarini aniqlab, 
zaruriyat tug‗ilsa, qarz oluvchi bilan yangi bitim tuzadi. Kontokorrent 
kreditini vaqtincha kengaytirish hisob varag‗i egasining hisob varag‗ida 
yuzaga kelgan saldosini qoplashga ketadigan xarajatlarining yanada 
oshishiga olib kelishi mumkin. Odatda, kontokorrent krediti bank 
tomonidan garov asosida beriladi. Garov sifatida ipoteka mijozning 
(to‗lovga layoqatsizligi tufayli) uzoq muddatli talablaridan voz kechishi, 
garovga qo‗yilgan mol-mulk va uchinchi shaxslar tomonidan berilgan 
kafolatlar xizmat qiladi. 
Kontokorrent krediti bo‗yicha hisob-kitoblar, ma‘lum vaqt 
oraliqlarida, qoida bo‗yicha, chorakda yoki yarim yillikda bir marta 
amalga oshiriladi. Bunda o‗tgan davrdagi joriy to‗lovlar va tushumlar 
aniqlanadi va kontokorrent kreditining amalda ishlatilgan summasi 
hisoblanadi.  
Shuningdek, 
amaliyotda 
kontokorrent 
krediti 
uchun 
foiz 
hisoblashda zinama-zina usulidan ham foydalaniladi, unda foiz to‗lovlari 
alohida har bir kredit summasidan emas, balki hisob varag‗idagi mos 
saldodan undirib olinadi.
Foizlarni hisoblayotganda turli rivojlangan davlatlarda turli vaqt 
oraliqlari qo‗llanilgani uchun ularning qanday usuldan foydanilishini 
hisobga olish kerak. 
Shveysariya, Germaniya, Daniya, Shvetsiya va Norvegiyada 
foizlarni hisoblashda 360 kundan iborat yil va 30 kundan iborat oy 
olinadi.
Belgiya, Gollandiya, Ispaniya, Frantsiya va Italiyada «bank» yili 
360 kundan iborat. Lekin oylar hisobida ularning amaldagi soni olinadi.
Angliya, Portugaliya va boshqa davlatlarda hisobot yili 365 kundan, 
oylar ham amaldagi kunlar sonidan iborat bo‗ladi.
AQShda kontokorrent hisob varag‗idan kredit foizini hisoblaganda 
yil 365 kundan iborat, pul va hisob-kitob operatsiyalarining oborotida 
esa asos qilib 360 kun olinadi, ikkalasi bo‗yicha ham oylarni hisobga 
olganda, ularning amaldagi kunlar soni olinadi.
Kontokorrent hisob varag‗ini ochish muddati bank va mijoz 
o‗rtasidagi shartnomada kelishiladi. Shartnomada foiz stavkasi ham 
aniqlanadi. Foiz stavkalari debet va kredit operatsiyalari bo‗yicha 
445
xatarining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tomonidan garovga 
muomaladagi tovarlar taqdim etilganda, muomaladagi tovarlar 0,5 
tuzatish koeffitsiyentini qo‗llagan holda baholash qiymati bo‗yicha 
garovga qabul qilinadi.
Garov shartnomasida bankning muomaladagi tovarlarni sotishdan 
qarz oluvchining barcha depozit hisob varaqlariga kelib tushayotgan 
mablag‗larni, birinchi navbatda, aktseptsiz tartibda muddatida 
qaytarilmagan kredit hamda hisoblangan, ammo muddatida to‗lanmagan 
foizlar to‗loviga yo‗naltirish mumkinligi belgilab olinishi mumkin.
Kredit hujjatlari yig‗ma jildi to‗liq tahlil qilinganidan keyin 
bankning (bank filialining) kredit qo‗mitasi revolver kreditini berish 
yoki berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi. Kredit berish rad 
etilgan taqdirda bank bu haqda qarz oluvchini 3 bank ish kunida yozma 
ravishda xabardor qiladi. 
Revolver krediti berish haqida qaror qabul qilingan taqdirda bank 
bilan qarz oluvchi o‗rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit 
shartnomasida kredit liniyasi limitining summasi, kredit bo‗yicha 
amaldagi qarzdorlikka hisoblanadigan foiz stavkasi miqdori va foizlarni 
to‗lash muddatlari, kreditni o‗z vaqtida qaytarmaganlik uchun 
qo‗shilagan penyalar summasi ko‗rsatiladi. 
Revolver kreditlari alohida ssuda hisob varag‗idan ochilgan kredit 
liniyasi limiti doirasida qarz oluvchining to‗lov topshiriqnomalari 
asosida to‗lovlarni amalga oshirish yo‗li bilan ajratiladi. 
Tijorat banklari shartnomaning butun amal qilish davri mobaynida 
kreditdan foydalanishning doimiy monitoringini amalga oshiradilar. 
Monitoring jarayonida qarz oluvchining moliyaviy-xo‗jalik 
faoliyati, uning tuzilgan shartnomalarga (buyurtmalarga) muvofiq holda 
mahsulot yetkazib berishga oid majburiyatlarini bajarishi, ishlab 
chiqarish hajmlari, noishlab chiqarish xarajatlari, foydasi, o‗z aylanma 
mablag‗larining 
mavjudligi 
dinamikasi, 
tovar-moddiy 
boyliklar 
zaxiralari holati, aylanma mablag‗larning aylanishi tahlil qilinadi. Bank 
qarz oluvchining ko‗rsatkichlarini qarz oluvchining kredit hujjatlari 
yig‗ma jildida tizimlashtirgan holda kreditga layoqatliligini doimiy 
monitoring qiladi. Revolver kreditni va uning hisoblangan foizlarini 
to‗lash qarz oluvchi tomonidan talab qilib olinguncha depozit hisob 
varag‗idan to‗lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi. 
Qarz oluvchi revolver kredit bo‗yicha asosiy qarz va hisoblangan 
foizlarni kredit shartnomasida ko‗rsatilgan muddatda to‗lamasa, bank 
muddati o‗tgan qarzdorlik va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida 


444
korxonalariga – aylanma mablag‗larini to‗ldirish uchun muntazam 
to‗lovlarni amalga oshirish maqsadida ochiladi. Kredit tamoyillaridan 
kelib chiqib revolver krediti ham mijozlarga qaytarishlik, to‗lovlilik, 
ta‘minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanishlik tamoyillari 
asosida beriladi. Revolver kreditlarini berish uchun qayta tiklanadigan 
kredit liniyasi bir yilgacha bo‗lgan muddatga ochiladi. Revolver 
kreditlarini muddati o‗tgan (90 kundan ortiq) kreditorlik qarzdorligiga 
ega bo‗lgan korxonalarga berilishiga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Revolver kreditlari ta‘minoti sifatida korxonaning oborotida yoki 
muomalada bo‗lgan tovarlari va boshqa ta‘minot turlari, ba‘zi hollarda 
bir kredit bo‗yicha bir necha ta‘minot turlari qabul qilinishi mumkin. 
Qarz oluvchi tomonidan muomaladagi tovarlari bilan bog‗liq risklar 
kredit liniyasi hamda unga hisoblangan foizlarning umumiy summasidan 
kam bo‗lmagan miqdorda o‗z hisobidan sug‗urtalashi, shuningdek, 
ushbu kredit bo‗yicha majburiyatlar to‗liq bajarilgunga qadar sug‗urta 
muddati uzaytirilishi lozim. 
Revolver kreditlari bank va mijoz o‗rtasida tuzilgan shartnoma 
asosida ilgari olingan kreditlar va hisoblangan foizlar bo‗yicha muddati 
o‗tgan qarzdorlik mavjud bo‗lmagan hollarda beriladi va kredit bo‗yicha 
foiz stavkasi miqdori, shuningdek, kredit shartnoma shartlari buzilgan 
hollarda qo‗llaniladigan choralar kredit shartnomasida aks ettiriladi. 
Zarar ko‗rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega bo‗lgan qarz 
oluvchilarga revolver kreditlar ajratilmaydi, ilgari berilgan kreditlar esa 
shartnomada ko‗zda tutilgan tartibda muddatidan oldin undirib olinadi.
Revolver kreditini olish uchun qarz oluvchi kredit buyurtmasi bilan 
birga bankka:
pul oqimlari majburiy tartibda ko‗rsatiladigan biznes-reja; 
so‗nggi hisobot davri uchun tegishli davlat soliq xizmati organi 
tomonidan balans qabul qilinganligi qayd etilgan buxgalterlik balansi, 
debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma‘lumotnoma, shuningdek, 
90 kundan oshgan qarzdorliklar bo‗yicha taqqoslash dalolatnomalari; 
revolver kreditlari qaytarilishining bir yoki necha ta‘minoti turlarini 
taqdim etilganligi haqidagi hujjatlarni taqdim qiladi. 
Kredit shartnomasi tuzilgunga qadar bank o‗z kredit siyosatining 
talablariga muvofiq mijozning kredit hujjatlari yig‗ma jildini, qarz 
oluvchining kreditga layoqatligi, likvidliligi, kredit tarixi, uning 
rahbarining nufuzi va boshqa ma‘lumotlarni tahlil qiladi. Kreditning 
ta‘minoti bo‗yicha olingan muomaladagi tovarlar yoki boshqa ta‘minot 
turlari bo‗yicha garov shartnomasi tuziladi. Kredit qaytarilmasligi 
437
turlicha bo‗lishi, bunda kredit operatsiyalari bo‗yicha foizlar, 
debetdagiga qaraganda pastroq yoki, aksincha, bo‗lishi mumkin. 
Operatsiyalar bo‗yicha foizlardan tashqari, kontokorrent bo‗yicha bank 
xizmatlari uchun komissiya ham hisoblanadi. Bank uchun eng muhim 
bo‗lgan shartlar bajarilmaganda sanktsiya qo‗lash, kontokorrent krediti 
bo‗yicha qat‘iy rejim o‗rnatish yoki kreditlash usuli o‗zgartirish 
mumkin.
Kontokorrent hisob varag‗idan kreditlashni tashkil qilishning asosi - 
kreditning rejadagi miqdoridir. Unda kreditlashning obyekti aylanma 
mablag‗larga bo‗lgan ehtiyojlar va ularning manbalari o‗rtasidagi farq 
sifatida belgilanadi. Kreditga bo‗lgan ehtiyoj quydagilardan tashkil 
topadi: aylanma aktivlar qoldig‗i; ortilgan yuklar; muddati kelmagan 
to‗lovlar; debitorlik qarzlari v.b. Bu farq hisob-kitobi yiliga yoki 
kvartallarga bo‗lib, mijozning aylanma mablag‗lar balansi asosida 
aniqlanadi.
Kelgusi yilda aylanma mablag‗lar manbalarining ularning 
joylashuvidan ortib ketishi rejalashtirilgan bo‗lsa, bunda bank bo‗sh 
mablag‗larning qoldig‗ini muddatli depozitga qo‗yishni tavsiya qiladi, 
qarz mablag‗lariga ko‗zda tutilmagan tarzda ehtiyojlar paydo bo‗lsa, uni 
overdraft shaklida kreditlash mumkin.
Kreditning qaytarilishini ta‘minlashni nazorat qilish bank 
tomonidan turli xil usullarda, avvalo, balansdagi aylanma mablag‗larni 
rejalashtirilgani va amaldagilarini solishtirish yo‗li bilan amalga 
oshiriladi. Nazoratning ikkinchi usuli har kvartalda kontokorrent krediti 
bo‗yicha qarzni rejalashtirilgan kredit miqdori bilan taqqoslash 
hisoblanadi. 
Agarda 
chorak 
davomida 
o‗rtacha 
qarzdorlik 
rejalashtirilgan kredit summasining 20 foizidan oshib ketsa, unda 
kreditning rejalashtirilgan miqdorining oxiriga chegaralari belgilab 
olinadi. Kontokorrent kreditida kredit uchun to‗lovlar kredit resurslari 
uchun o‗rtacha to‗lov, bank xarajatlarini (qoplash uchun qo‗shimcha 
to‗lov), riskini va daromad hosil bo‗lishini qoplash uchun qo‗shimcha 
to‗lov, 
shuningdek, 
ssuda 
aylanishining 
tezligi 
kamayganda, 
sekinlashganda jarima to‗lovlar va boshqalardan tashkil topadi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling