Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Refinancing tender rate (ECB) – Yevropa Markaziy banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Refinancing tender rate (ECB) – Yevropa Markaziy banki 
(EMB) qayta moliyalash stavkasi bo‗lib, u EMBning tenderida 
mablag‗larni jalb qilish bo‗yicha taklifning minimal stavkasi 
hisoblanadi. EMB pul tizimining likvidligini ta‘minlash maqsadida har 
ikki haftada bir marta mablag‗larni joylashtirish bo‗yicha tender 
o‗tkazadi. Tender o‗tkazishda EMB birinchi o‗rinda barcha banklardan 
ular uchun qulay bo‗lgan foiz stavkasida qarz mablag‗i olish bo‗yicha 
buyurtmalarini qabul qiladi. Foiz stavka taklifining darajasiga qarab, 
avvalombor, yuqori foiz stavkada buyurtma berganlarning, keyin past 
foiz stavkadagi resurs olishni istaganlarning buyurtmalari amalga 
oshiriladi, ya‘ni tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarni ajratadi. 
Refinancing tender rate (ECB) Yevropada asosiy foiz stavka 
hisoblanadi. Deposits rate (ECB) - EMBning depozitlar bo‗yicha foiz 
stavkasi bo‗lib, vaqtincha bo‗sh turgan pul mablag‗lari mazkur foizda 
joylashtirilishi mumkin hamda bu foiz overnayt foiz stavkalari bozorida 
eng past foiz chegarasini belgilab beradi.
54-jadval 
Xorijiy davlatlar markaziy banklari foiz stavkalari 
 
 
Marginal lending rate (ECB) - EMBning zayomlari bo‗yicha foiz 
stavka bo‗lib, EMB tizimidagi muassasalardan tijorat banklari o‗z joriy 
likvidliligini ta‘minlash uchun kreditlar olishi mumkin. Marginal 
lending rate (ECB) – zayomlar bo‗yicha eng oxirgi stavka overnayt foiz 
stavkalari bozorida eng yuqori foiz chegarasini belgilab beradi. 
EMBning kreditlari ikki hafta muddatga REPO operatsiyasi asosida 
beriladi. 
Markaziy banklar 
Stavka nomlanishi 
Foiz stavkasi 
AQSh FRT 
Federal Funds Rate 
<0,25% 
Yevropa Markaziy banki 
Refinancing tender 
1,25% 
Angliya banki 
Repo Rate 
0,50% 
Yaponiya banki 
Discount rate 
<0,10% 
Kanada banki 
O/N Lending rate 
1,0% 
Shveytsariya Milliy banki 
3Month Libor Rate 
0,25% 
Avstriya rezerv banki 
Yangi Zelandiya rezerv 
banki 
Cash Rate 
Official Cash Rate
4,75% 
2,50% 
425
Repo rate – Angliya bankining REPO stavkasi – bu foiz stavka 
bo‗yicha Angliya banki REPO operatsiyasida qimmatli qog‗ozlar garovi 
ostida qisqa muddatli qarzlar beradi. Barcha bitimlar REPO bitimi, 
bo‗lib, qayta sotib olish majburiyatiga asoslanadi. Repo rate Angliyada 
asosiy foiz stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasini o‗rnatishda Angliya 
banki uchun iste‘mol tovarlar bahosi indeksi asosiy indikator hisoblanib 
yilda 2,5 foizdan oshmasligi lozim. Asosiy foiz stavkalarning o‗zgarishi 
bo‗yicha Angliya bankining Pul siyosati qo‗mitasi (Monyetary Policy 
Committee) o‗zining har oyda bo‗ladigan yig‗ilishida qaror qabul qiladi 
va u e‘lon qilinadi.  

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling