Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Kredit resurslarini taqdim qilishning banklararo stavkalari


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Kredit resurslarini taqdim qilishning banklararo stavkalari eng 
ko‗p qo‗llaniladigan bazis stavka sifatida LIBOR – London banklararo 
427
qiladi. Masalan, ssuda bozorida Libor - 6 % bo‗lsa, bank spredi - 1 % 
bo‗lishi rejalashtirilgan bo‗lsa, demak, kredit narxi - 7% ni tashkil etadi. 
Agarda ssuda bozorida Libor 5 % ga tushgan holda ham bank spredi 1 % 
ligicha qolishini inobatga olsak, kredit narxi 6 % ni tashkil qiladi. Bu 
holda tijorat banki ma‘lum miqdorda foydaga ega bo‗ladi. 
Tijorat banklarining foiz siyosati doimo risk bilan bog‗liq. Foiz 
stavkasi riski (interest rate risk) – bu foiz stavkalarining o‗zgarishi 
natijasida moliyaviy yo‗qotishlarning yuzaga kelishini anglatadi. Foiz 
riski bank tomonidan jalb qilingan depozitlar, qarzga olingan mablag‗lar 
bo‗yicha foizlarning kredit bo‗yicha foizlardan oshib ketishi natijasida 
yuzaga keladi. Foiz riski kredit va depozitlarning foiz stavkalari va 
muddatiga bog‗liq bo‗ladi. Foiz stavkalari bo‗yicha risklarning yuzaga 
kelishining quyidagi sabablarini keltirish mumkin. Bular: 
1. Foiz stavkasini noto‗g‗ri tanlash (yuqorida ko‗rib o‗tganimizdek, 
o‗zgarmas yoki o‗zgaruvchan – suzib yuruvchi foiz stavkalardan birini 
tanlash). 
2. Kredit shartnomasida foiz stavkasining o‗zgarishi mumkinligini 
ko‗zda tutmaslik. 
3. Markaziy bank foiz siyosatining o‗zgarishi. 
4. Kredit muddatining boshidan oxirigacha bir xil foizning 
o‗rnatilishi. 
5. Bankda foiz siyosatining ishlab chiqilmaganligi yoki uning 
mukammal emasligi. 
6. Kredit bahosi yoki foiz stavkasining noto‗g‗ri hisoblanganligi 
v.b. 
Foiz siyosatini olib borishda tijorat banklari GAP tahlil usulidan 
oqilona foydalanishlari lozim. Bu usul foiz riskini o‗lchash va tahlil 
qilish usullaridan hisoblanadi va bankning jalb qilgan mablag‗lariga 
to‗lanadigan foizlar bilan kreditga joylashtirishdan oladigan foizlari 
o‗rtasidagi farqni ifodalaydi. 
Foiz riskiga ichki va tashqi omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Tashqi 
omillarga
- bozor konyunkturasining nobarqarorligi; 
- foiz riskini boshqarishning huquqiy asoslari; 
- siyosiy-iqtisodiy holat; 
- bank xizmatlari bozoridagi raqobat; 
- bank va mijoz o‗rtasidagi munosabat; 
- xalqaro ahvol va boshqalar kiradi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling