Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Kreditlarning foiz stavkasiga ta‟sir etuvchi omillarga
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «kredit liniyasini
Kreditlarning foiz stavkasiga ta‟sir etuvchi omillarga to‗xtalib
o‗tish maqsadga muvofiq. Ulardan asosiylari quyidagilar: 1. Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya‘ni bozorda qancha miqdorda kreditga talab bor va unga nisbatan qancha miqdorda qarzga beriladigan pul bo‗yicha taklif bor. Kreditga talabning oshishi foizlarning ham oshishiga, taklifning oshishi esa foizlarning kamayishiga olib keladi. 2. Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi, aniqrog‗i shu pulning iste‘mol qiymati. Kredit xo‗jalik subyekti faoliyati, ehtiyoji uchun juda zarur bo‗lsa, u bo‗yicha foiz ham yuqori bo‗lishi, aks holda u pasayishi mumkin. 3. Qarzni to‗lash muddati va sharti. Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni sekin-asta yoki kichik-kichik summalarga bo‗lib, bemalol qaytarish shartiga kelishilgan bo‗lsa, bu holda bank qarzdordan yuqori foiz to‗lashni talab qilishi mumkin. Agar kredit qisqa vaqtga berilsa, uni bir yo‗la to‗lash shart bo‗lsa, qarzdor past foizni ma‘qul ko‗radi. Demak, qarz qanchalik uzoq muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib daromad ko‗rish mumkin va shu hisobdan foiz to‗lash yengil bo‗ladi. 4. Kreditning qaysi valyutada berilishi. Agar kredit erkin konvertirlangan valyutada berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u milliy valyutada berilsa, foiz nisbatan past o‗rnatiladi. 5. Inflyatsiya darajasi. Inflyatsiya yuz bersa, kreditga berilgan pul egasiga qaytib kelgunicha o‗z qadrini qisman yo‗qotadi. Bunda pul egasi yutqazadi. Shu sababli, yuqorida ta‘kidlanganidek, foiz stavkasi inflyatsiya sur‘atlarini hisobga olib o‗rnatiladi. 6. Pulni kreditga berishdan ko‗ra boshqa yo‗l bilan ishlatishdan tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal ko‗rish prinsipi amal 429 XIII BOB. ALOHIDA KREDIT TURLARI VA USULLARI 1-§. Alohida ssuda hisob varag„idan kreditlash tartibi Kredit - vaqtincha bo‗sh turgan pul mablag‗larini m‘lum muddatga haq to‗lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig‗indisi bo‗lganligi bois, jahon amliyotida turli xil bank kreditlaridan foydalaniladi. Tijorat banklari xo‗jalik yurituvchi subyektlarga ta‘minot asosida yoki ta‘minotsiz - blank kreditlari (ishonch kreditlari) deb nomlanuvchi kreditlarni berishi to‗g‗risidagi qaror qabul qilishi mumkin. Tijorat banki tomonidan ta‘minotsiz kreditlarni berish katta risk bilan bog‗liq. Bank qarz oluvchining kredit tarixini yaxshi bilsa, uning faoliyati moliyaviy jihatdan barqaror va qarz oluvchining to‗lovga layoqatligiga shubha bo‗lmasa, bunday hollarda bank mijozga ishonch krediti berishi mumkin. Kredit qarz oluvchi tomonidan berilgan kredit buyurtmasi asosida ajratilib, kredit shartnomasi va muddatli majburiyatnoma bilan rasmiylashtirilishi hamda belgilangan muddatda to‗lanishi shart. Ishonch krediti belgilangan muddatda qaytarilmasa, qarz oluvchi o‗zining moliyaviy holatini yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar qabul qilgunga qadar uni berish, to‗xtatib qo‗yilishi lozim. Ta‘minlangan va ta‘minotsiz ssudalar ssudaning maqsadiga ko‗ra, u bo‗yicha mijozga ochiladigan kontokorrent hisob varag‗i overdraft bo‗yicha hamda alohida ssuda hisob varaqlaridan beriladi. Kreditni to‗lash muddati kelsa va qarz oluvchida pul mablag‗lari bo‗lmasa, muddatida to‗lanmagan ssudalarni hisob varag‗idan undirib olishga taqdim etiladi, unga doir majburiyatlar esa ikkinchi kartotekaga joylashtirilib, kalendar navbati tartibida to‗lanadi. Tijorat banklari hozirgi kunda ko‗pincha xo‗jalik yurituvchi subyektlarga alohida ssuda hisob varaqlaridan «kredit liniyasini Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling