Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

ochish» kreditning miqdori, undan foydalanish muddati va uni to‗lash 
davriyligi qarz oluvchining tovar yetkazib beruvchilar va xaridorlar 
bilan tuzgan shartnoma-bitimni tahlil qilish asosida belgilanadi, bu 
kredit shartnomasida aks ettirilishi lozim. 
«Kredit liniyasini ochish»ga xizmat ko‗rsatganlik uchun qarz 
oluvchi bankka foizlarni to‗laydi. Foizlar kreditdan foydalanish 
darajasidan qat‘i nazar kreditlash limitining barcha summasiga 
hisoblanadi. Bunda limitlashtirilgan summaning barchasini yoki bir 
qismini ishlatsa ham umumiy summaga nisbatan foiz to‗laydi. 
Kreditning qaytarilishi bank tomonidan belgilab beriladigan maxsus 
grafik bo‗yicha mijozning hisob varag‗idagi mablag‗lardan amalga 
oshiriladi. Hisoblangan foizlar har oyda yoki belgilangan muddatlarda 
o‗tkazib boriladi va shartnoma muddati tugaganda asosiy qarz summasi 
bankka qaytariladi. Agar kreditni muddatdan oldin qaytarish istagi 
bo‗lsa, to‗lov topshiriqnomasi orqali amalga oshiriladi. Agar ssuda o‗z 
muddatida qaytarilmasa, unda hisob raqamga tushayotgan barcha 
mablag‗lar ssudani qoplash uchun foydalaniladi. 
Ochiq kredit liniyalari bank va mijoz o‗rtasida o‗tkazilgan kredit 
shartnomasida ko‗rsatilgan barcha hisoblangan pul hujjatlarini kredit 
hisobidan to‗lash imkoniyatini beradi.
Kredit liniyasi, asosan, bir yilga ochiladi, ba‘zi hollarda undan qisqa 
muddatga ham ochilishi mumkin. Kredit liniyasi muddati davomida 


430
amal qilish muddati 30 kun bo‗lgan akkreditivlarni ochish uchun pul 
hisob-kitob hujjatlarini to‗lashda kredit berishlari mumkin.
Xo‗jalik yurituvchi subyektlarga «kredit liniyasini ochmasdan» 
degan alohida ssuda hisob varag‗idan kredit berish bir martalik ssuda 
berish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Bir marta ssuda berish to‗g‗risidagi 
qaror mavjud qoidalarda ko‗zda tutilgan hujjatlar paketi asosida bank 
tomonidan har bir ssuda bo‗yicha alohida qabul qilinadi. Kredit liniyasi 
ochilmasdan turib kreditlanayotgan bo‗lsa, ularning obyekti tovar 
moddiy qimmatliklar uchun to‗lovlar, akkreditiv ochish va boshqa 
hisob-kitoblarni amalga oshirish hisoblanadi. Bunda har bir to‗lov 
maqsadli bajarish nuqtayi nazaridan tekshiriladi va kredit shartnomasi 
tuziladi. 
Kreditga bo‗lgan talab bank tomonidan xo‗jalik yurituvchi subyekt 
bilan birgalikda kredit shartnomasi va paketdagi boshqa hujjatlardan 
kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Kredit liniyasi ochilmaydigan qarz hisob varag‗i bo‗yicha 
kreditlanganda, qarzning butun summasi ma‘lum kunda o‗tkaziladi va 
shu paytdan boshlab qarzning to‗la hajmi asosida foizlar hisoblana 
boshlaydi. Kredit: 
• majburiyatlarni qaytarish muddati kelishiga qarab qarz oluv-
chining hisob-kitob varag‗idan ssudalar bo‗yicha qarzlarni undirib olish 
yo‗li bilan; 
• qarz oluvchining hisob-kitob varag‗idagi pul mablag‗larining 
bo‗sh qoldiqlarini to‗lov topshiriqnomasi asosida ssuda hisob varag‗iga 
o‗tkazish yo‗li bilan muddatidan ilgari; 
• bank tomonidan kafolat, kafilliklar bo‗yicha olingan majbu-
riyatlardan, shuningdek, garov huquqini amalga oshirishdan tushgan 
mablag‗lardan foydalanish yo‗li bilan to‗lanadi. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlarga «kredit liniyasini ochish» yo‗li 
bilan kredit berish, kreditlashning oldindan belgilangan miqdori 
doirasida alohida ssuda hisob varag‗idan amalga oshiriladi. Mazkur 
hisob varag‗iga qarz olishning tovar moddiy boyliklar, asosiy faoliyatiga 
tegishli ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatish uchun pul hisob-kitob 
hujjatlari bo‗yicha haq to‗lanadi. Kredit liniyasi ochilganda esa kredit 
summasi to‗lov turi, vaqtiga qarab, to‗lov hujjatlariga ko‗ra ma‘lum 
muddat oralig‗ida bo‗lib-bo‗lib o‗tkazib boriladi. Bunda qarz foizi 
faqatgina qarzdor hisobiga to‗langan summa bo‗yicha hisoblab boriladi, 
ssudani 
rasmiylashtirish 
shartnomalarini 
har 
gal 
bank 
bilan 
muvofiqlashtirishga ehtiyoj qolmaydi. 
419
4. Asosiy summani qaytarish yoki uning foizini to‗lash muddati 90 
kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda (qaytarish muddati bir 
yildan ko‗p bo‗lgan foizli aktivlar bo‗yicha). 
Aktivlarga foiz ―o‗stirmaslik‖ maqomini bergan paytdan boshlab, 
banklar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim: 
1.
Foizli daromadlarni balans hisob varaqlarida hisoblash 
to‗xtatiladi. 
2. Barcha hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlar balans 
hisob varaqlaridan ko‗zda tutilmagan holatlar hisob varaqlariga 
o‗tkazilishi lozim va aktivga «o‗stirmaslik» maqomi berilgandan so‗ng 
keyingi foizlar hisoblanishi ko‗zda tutilmagan holatlar hisob varaqlarida 
amalga oshiriladi. 
3. Ushbu aktivlar bo‗yicha barcha keyingi to‗lovlar, birinchi 
navbatda, hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlarni, keyin esa 
kreditning asosiy summasini qoplashga yo‗naltiriladi. 
Muddati o‗tgan foizlarni kapitalizatsiyalash orqali asosiy qarz 
summasiga qo‗shib hisoblashga yo‗l qo‗yilmaydi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling