Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i o‘zgarishlar haqida
Download 60 Kb.
|
Daromad Soliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi:____________________ Bajardi: MM-50k-2 guruh talabasi Otaqulov B.A
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan Qayta topshirish Mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i Qabul qildi:____________________ Bajardi: MM-50k-2 guruh talabasi Otaqulov B.A Toshkent 2023 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i o‘zgarishlar haqidaSoliq to‘lovchilar safi, soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish tartibi, shuningdek shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga 0,1 foiz ajratmalar va soliq hisobotini taqdim etish muddati saqlab qolinmoqda. Soliqqa tortilmaydigan daromadlar tarkibi quyidagilar hisobiga kengaytirilmoqda: yosh oila bo‘lgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlar; soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan ish haqi summalari va boshqa daromadlari; soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari; soliq to‘lovchining soliq davri davomida bazaviy hisoblash miqdorining 8-baravarigacha bo‘lgan miqdordagi xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga yo‘naltirgan ish haqi summalari va boshqa daromadlari. 381- modda. Oʼzbekiston Respublikasining rezidentlari boʼlgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari: Oʼzbekiston Respublikasi rezidenti boʼlgan jismoniy shaxsning daromadlariga, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʼlsa, 12 foizlik soliq stavkasi boʼyicha soliq solinadi; Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga 5 foizlik soliq stavkasi boʼyicha soliq solinadi. Oʼzbekiston Respublikasining norezidentlari boʼlgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari: Dividentlar va fozilar 10% Xalqaro tashishlarda transport xizmatlari taqdim etishdan olinadigan daromadlar 6 % Mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar boʼyicha olingan daromadlar 12 % Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining iqtisodiy mohiyati va davlat byudjeti daromadlaridagi tutgan о‘rni. Daromadidan soliq tо‘lovchi jismoniy shaxslar. Rezident va norezidentlar haqida: Amaldagi Soliq kodeksiga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bо‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tо‘lovchilardir. Jismoniy shaxslarning - О‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining О‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga Soliq kodeksining tegishli moddasida nazarda tutilgan о‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda va stavkalar bо‘yicha soliq solinadi. Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling