Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

O„f =( Bq * (1+k*fs )) – Bq. 
Yuqorida keltirilgan formulaga asosan o‗sgan foiz (O‗f) miqdorini 
aniqlashimiz mumkin.
O‗f = (200 000000 *(1 + 0,12*180 kun/ 365 kun)) - 200 000000 
=11 835 616,4 so‗mni tashkil etadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‗rnatilgan 
me‘yorlarga asosan
- real foiz stavkasi – bu aktivning foydalanish muddati davomida 
kutilayotgan kelgusi pul tushumi oqimlarini diskontlash uchun va 
aktivning boshlang‗ich balans qiymatiga tenglashtirish uchun zarur 
bo‗lgan foiz stavkasidir; 
- real foiz stavkasi usuli esa aktivning (majburiyatning) xizmat 
muddati davomida diskontni yoki mukofotni foizli daromadga (yoki 
xarajatga) amortizatsiya qilish yoki kechiktirilgan foizli to‗lovlarni 
(masalan, har oyda emas, har yili olinadigan yoki to‗lanadigan) 
taqsimlash orqali o‗zgarmas foiz stavkasini tan olishga olib keluvchi 
usuldir. 
Banklar kreditlar, qarz qimmatli qog‗ozlari va boshqa moliyaviy 
vositalar bo‗yicha foizlarni hisoblab borishni quyidagi hollarda 
to‗xtatadi: 
1. Aktivlar Markaziy bank normativ hujjatlariga muvofiq 
substandart, shuhbali va ishonchsiz turlarga tasniflanganda. 
2. Aktiv MЌXSga muvofiq qadrsizlanganda. 
3. Asosiy summani qaytarish yoki uning foizini to‗lash muddati 60 
kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda (qaytarish muddati bir 
yilgacha bo‗lgan foizli aktivlar bo‗yicha). 
431
Mazkur kredit qishloq xo‗jalik xomashyosini qayta ishlash, 
tayyorlash faoliyati bilan shug‗ullanuvchi korxonalarga, savdo, ta‘minot 
va boshqa xo‗jalik subyektlarga, odatda, umumiy asoslar va qoidalarga 
ko‗ra beriladi. 
Yuqorida qayd etilgan kredit berishning majburiy shartnomalaridan 
biri qarz oluvchining moliyaviy holati barqaror bo‗lishidan iboratdir. 
«Kredit liniyasini ochish» yo‗li bilan ssudalar berish bankning 
kafolatli majburiyatnomasi bilan rasmiylashtirilishi lozim. Bunda bank 
vakillik hisob varag‗ining holatidan qat‘i nazar, kredit shartnomasida 
belgilangan doiralarda kredit miqdori, muddati va limitida qarz 
oluvchiga hech qanday to‗siqlarsiz kredit berilishini kafolatlovchi 
majburiyatlarni o‗z zimmasiga oladi. 
Bankning kafolat majburiyatnomasi ikki nusxada tuziladi, ulardan 
biri kredit xodimining farmoyishiga ko‗ra hisob yuritilishi uchun 
buxgalteriyaga beriladi va buxgalteriya bo‗limida ―91809-bank bergan 
majburiyatnoma‖ hisob varag‗ida o‗z ifodasini topadi, ikkinchisi qarz 
oluvchining kreditga doir hujjatlarida saqlanadi. «Kredit liniyasini 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling