420
oshmasligi lozim. Amalda qayta moliyalash stavkasi ―O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy banki to‗g‗risida‖gi qonunning tegishli moddasi-
ga muvofiq Markaziy bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Hozirgi kunda Markaziy bankning
qayta moliyalashtirish foiz
stavkasi oyiga 0,75 % ni, hamda yiliga 9 % ni tashkil etadi. Markaziy
bankning qayta moliyalash stavkasi
tijorat banklari tomonidan
kreditlarga o‗rnatiladigan foiz stavkalarining eng past chegarasi
hisoblanadi. Demak, joriy davrdagi qayta
moliyalashtirish stavkasi
orqali Markaziy bank tijorat banklari kredit narxining minimal miqdorini
belgilaydi. Tijorat banklari o‗z kredit siyosati talablaridan kelib chiqib
qayta moliyalash stavkasi asosida o‗z kreditlari bo‗yicha foiz
stavkalarini o‗zi mustaqil belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: