Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


(STRIBOR), Gonkongda (Gribor) kabi banklararo stavkalari ham  mashhurdir.  “Praym–reyt” stavkasi


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

(STRIBOR), Gonkongda (Gribor) kabi banklararo stavkalari ham 
mashhurdir. 
“Praym–reyt” stavkasi (birinchi darajali stavka) – bu eng obro‗li 
qarz oluvchilarga beriladigan kreditlarga AQSh banklari tomonidan 
belgilanadigan stavkadir. U banklar tomonidan kreditlarga qo‗yiladigan 
qiymatining asosi bo‗lib xizmat qiladi va u rasmiy banklararo bozor 
stavkasidan 1 – 2 % ga yuqori bo‗ladi. 
O„rta va katta bo„lmagan firmalar va xususiy shaxslarga 
beriladigan kreditlar stavkalari. Ular odatda ―praym-reyt‖dan ham 
yuqori bo‗ladi. 
Bugungi kunda foiz siyosatiga turli mamlakatlarda turlicha 
yondashuvni ko‗rish mumkin. Dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan 
biri AQShda ipoteka inqirozining salbiy oqibatlaridan bank tizimini 
himoya qilish maqsadida qayta moliyalash stavkasi kamaytirildi. AQSh 
Federal rezerv tizimi (FRT) qayta moliyalash stavkasini 2 foizdan 1,5 
foizgacha 
kamaytirgan 
bo‗lsa, 
Kanada, 
Angliya, 
Shvetsiya, 
Shveytsariya, Yevropa Markaziy banklari foiz stavkani 0,5 punktga 
kamaytirdi. 
Federal funds rate (FED) – Federal fondlar bo„yicha stavkalar 
AQShda asosiy yoki rezerv fondlar foiz stavkasi hisoblanadi. AQSh 
qonunchiligi bo‗yicha barcha banklar Federal rezerv tizimi (FRT)da o‗z 
rezervlarini saqlashlari lozim. FRT rezerv fondlar foiz stavkasi bo‗yicha 
boshqa banklardan overnayt (overnight) kreditlarini jalb qilishi mumkin, 
lekin bu stavka qayta moliyalash stavkasi (discount rate) hisoblanmaydi. 
Bu stavkaning darajasi davlat qimmatli qog‗ozlari bilan operatsiyalar 
yordamida nazorat qilib boriladi hamda u bilan banklar rezervlariga 
foizlar to‗lanadi. AQShda Discount rate - Diskont stavka – qayta 
moliyalash stavkasi rolini o‗ynaydi. FRT tomonidan banklarga berilgan 
kreditlarning foizlari diskont stavkasiga asoslanadi, boshqacha qilib 
aytganda, diskont stavka AQSh FRTning banklarga beradigan kredit 
resurslarining foiz stavkasi hisoblanadi. Bu stavkaning tushishi 
banklarga arzon resurslar jalb qilib, kreditlash hajmini oshirish 
imkoniyatini beradi. Bu pul taklifini oshirib, uning qiymati tushishiga 
olib keladi yoki, aksincha, holat yuz berishi mumkin. FRTning tijorat 
banklari bilan operatsiyalari REPO shaklida, ya‘ni qayta sotib olish 
majburiyati bilan sotish tariqasida amalga oshiriladi. Federal fond 
stavkasi va diskont stavkasining joriy darajasi AQSh FRTning Ochiq 


424
bozorlar bo‗yicha qo‗mita (Federal Open Market Committee
FOMC)sining yig‗ilishi qaroriga asosan qabul qilinadi va ommaviy 
axborot vositalarida e‘lon qilinadi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling