536
bank va uning mijozi o‗rtasidagi munosabatlarni avtomatlashtirishga
mo‗ljallangan bo‗lib, mijozni autentifikatsiya qilish, elektron to‗lov
hujjatlarini
kiritish, elektron to‗lov hujjatlarini shifrlash va ularni bank
axborot tizimlarida qayta ishlash uchun aloqa kanallari orqali uzatish,
axborot xabarlarini
qabul qilish-uzatish, hisobot shakllarini - shaxsiy
hisob varaqlar, elektron to‗lov
hujjatlari, kiritilgan hujjatlarning
ro‗yxatini ko‗rish va chop etish vazifalarini bajarish orqali pul
mablag‗larini boshqarishning tezkorligini hamda bank operatsiyalarining
sifatli o‗tkazilishini ta‘minlaydi. Tizimdan
foydalanish va tizim
xizmatlari uchun haq miqdori bank va mijoz o‗rtasida tuziladigan
shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Mijoz va bankning aloqa kanallari orqali axborot almashinuvi
shartnomada ko‗rsatilgan vaqtda amalga oshiriladi.
Mijoz bank hisob
varaqlariga masofadan xizmat ko‗rsatish tizimida quyidagi sxema
bo‗yicha ishlaydi.
31-rasm.
Bank hisob varaqlariga masofadan xizmat
ko„rsatish tizimi
Mijoz har kuni ish boshlashdan oldin, o‗zining
shaxsiy hisob
varag‗idagi avvalgi amaliyot kuni bo‗yicha qolgan aylanma va
qoldiqlarini tekshirib, barcha ma‘lumotlar
mos kelgan holda elektron
to‗lov hujjatlarini kiritishni boshlashi mumkin. Mijoz to‗lovlarni
to‗lovchi sifatida amalga oshirishda faqat to‗lov topshiriqnomalarini
qo‗llashi mumkin. Bundan tashqari,
soliq organlari bevosita
to‗lovchining bankiga elektron ko‗rinishda inkasso topshiriqlarini
qo‗yishi mumkin.
Tizim
Do'stlaringiz bilan baham: