Axmadaliyev mansurbekning himoyalangan bank tizimlari fanidan mustaqil ishi
Download 205.96 Kb.
|
Axmadaliyev Mus Ish bank
- Bu sahifa navigatsiya:
- AXMADALIYEV MANSURBEKNING HIMOYALANGAN BANK TIZIMLARI FANIDAN MUSTAQIL ISHI QABUL QILDI: KABULOV A. V. Toshkent - 2023
- MUNDARIJA Kirish …………………..………………………………………………...4 O’zbekiston Respublikasida bank faoliyatini avtomatlashtirishning hozirgi holati………………………………………………………………………………5
- Avtomatlashtirilgan bank tizimlarini klassifikatsiyalash ………………………………………………….....................................................10
- Mijoz-bank elektron hisob kitob tizimi afzalliklari va tizimning asosiy quyi tizimlari ………………………………………………..………………………..22 GLOSSARIY – ГЛОССАРИЙ – GLOSSARY,Savollar,Test…………..…….26
- Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI AMALIY MATEMATIKA VA INTELLEKTUAL TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI AXBOROT XAVFSIZLIGI (yo’nalishlari bo’yicha) YO’NALISHI 1-KURS MAGISTR TALABASI AXMADALIYEV MANSURBEKNING HIMOYALANGAN BANK TIZIMLARI FANIDAN MUSTAQIL ISHI QABUL QILDI: KABULOV A. V. Toshkent - 2023 Mavzu:O’zbekiston Respublikasida bank faoliyatini avtomatlashtirishning hozirgi holati.Avtomatlashtirilgan bank tizimlarini klassifikatsiyalash .”Mijoz-bank ” elektron hisob kitob tizimi Reja Kirish: Asosiy qism: 1. O’zbekiston Respublikasida bank faoliyatini avtomatlashtirishning hozirgi holati 2. Avtomatlashtirilgan bank tizimlarini klassifikatsiyalash . 3. ”Mijoz-bank ” elektron hisob kitob tizimi Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar MUNDARIJA Kirish …………………..………………………………………………...4 O’zbekiston Respublikasida bank faoliyatini avtomatlashtirishning hozirgi holati………………………………………………………………………………5 Avtomatlashtirilgan bank tizimlarini klassifikatsiyalash ………………………………………………….....................................................10 ”Mijoz-bank ” elektron hisob kitob tizimi …………………………..………………………………………………………...18 ”Mijoz-bank elektron hisob kitob tizimi afzalliklari va tizimning asosiy quyi tizimlari ………………………………………………..………………………..22 GLOSSARIY – ГЛОССАРИЙ – GLOSSARY,Savollar,Test…………..…….26 Xulosa ……………………………………………………………………………29 Adabiyotlar ro’yxati …………………………………………………… ……. 30 KIRISH Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari Milliy iqtisodiyotning yanada rivojlanishi banklarning va bank tizimining rolini kuchaytirishni taqazo etmoqda. Bank - bu mamlakatdagi pul mablag’larini boshqarish uchun yaratilgan moliya institutidir. O’zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon talabiga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo’lish, xo’jaliklar va aholining bo’sh turgan mablag’larini jalb qilish, uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni ta’minlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta’minlovchi zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni hamda bank tizimi barqarorligini ta’minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit va investitsiya faoliyatining yanada rivojlantirishga erishish va banklar o’rtasida raqobat bo’lishini ta’minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan samarali ta’minlanganligiga erishish kabi choralarni amalga oshirish ko’zda tutadi. Mujassamlashgan bank avtomalashtirilgan axborot tizimlari (BAAT) mablag’ kiritish va kredit berishning berilgan shartlari bo’yicha nazorat qilinadigan mablag’larni o’zlashtirish, qaytarilishi va muvafiqlashtirilishini jadallashtirish vositasi bo’lgan yagona dasturiy texnologik majmuadan iborat bo’ladi. Mujassamlashgan BAAT bank vazifalari aloqalarining butun murakkabligini o’zida aks ettirilgan holda majmuaviy qamrab oladi. Bu mukammal avtomatlashtirilgan vazifalar majmuasi emas, balki murakkab tizimning xususiyalari: ierarxik tuzilishining murakkabligi, emerjmentlik, vazifaviy maqsadlarning ko’pligi; stoxastik (ehtimollik) harakteriga ega jarayonlarni boshqarishni ta’minlashda ishning o’zgaruvchanligi va ko’p vazifalikka xos bo’lgan dasturlar majmuasidir. SHuning uchun ham mujassamlashgan BAAT ni ishlab chiqishda uning tarkibiy tuzilishi va mazmuniga ta’sir qiluvchi ko’p sonli omillar: - bankning umumiy ta’riflari, hozirgi va kelgusidagi maqsadlari va uni rivojlanishining strategik yo’nalishlarini, boshqaruvning vujudga kelgan tuzilishining xususiyatlari; - tizimning arxitekturasi va avtomatlashtirish kerak bo’lgan vazifalarining tarkibi; - kiruvchi va chiquvchi hujjatlarning miqdori; - axborot xavfsizligiga talablarni tahlil qilish talab qilinadi. Bunday tahlil asosida bo’lg’usi tizimning asosiy tamoyillari ishlab chiqiladi. Murakkab tizimlarning nazariyasidan ma’lumki, har qanday murakkab tizimning har xil chuqurlikka ega bo’lgan ba’zi bir tizimlarga ajratish mumkin. Vazifaviy tizimcha ostida ana’anaviy ravishda boshqaruvning vazifaviy umumligiga muvofiq tizimning ba’zi bir qismi tushuniladi. Bankda yechiladigan boshqaruv vazifalari ko’p jihatli bo’lganligi uchun BAAT ni loyihalashtirishda dekompozitsiya alomatlarini tasniflash muammosi vujudga keladi. Bunday alomatlar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin: vazifa, davr, boshqaruv ob’ekti va boshqalar. O’z tarkibining universalligi uchun boshqaruv vazifalari boshqaruv tizimlari dekompozitsiyasining eng keng tarqalgan alomatlaridan biridir. Bankni boshqarish tizimi umuman har qanday boshqarish tizimlari uchun umumiy bo’lgan vazifalarni (rejalashtirish, hisob va nazorat, tahlil va tuzatish kiritishni) bajara turib, ularning boshqaruv tuzilmasining elementlari o’rtasida taqsimlash xususiyatiga ega. Bu vositalar o’zaro chambarchas bog’liq va har doim maqsadli harakterga ega. Bankda hisob va nazorat operatsion, buxgalteriya hisoblaridan iborat, ular birbirlari bilan yaqindan aloqada, chunki tahliliy daraja bank hisobida shaxsiy schyotlar ostida turadi. Har bir ish kuni balansini shakllantirish bilan tugashi sababli shaxsiy schyotlarning holatini o’zgartiruvchi buxgalteriya aks ettiriladi. Statistik hisob ayrish ko’rsatkichlarni uzoq davr ichida o’zgarishi haqida ma’lumotlarni yig’ishga imkon beradi. Tahlil bank boshqaruvining tashqarisida, ham ichkarisida vujudga keladigan iqtisodiy vaziyatni bilib olishga imkoniyat beradigan vazifadan iborat bo’ladi. Yirik banklarda ikkita mustaqil bo’limlar mavjudki, ulardan biri bankning ichki holati tahlilini ta’minlaydi, ikkinchisi tashqi muhitni tahlil qiladi. Rejalashtirish tahlilning ma’lumotlariga asoslanib, vujudga kelgan vaziyatdan chiqish va qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun ehtimol bo’lgan echimlarni tayyorlaydi. Bankning boshqaruv tuzilmasi har xil usullarda tashkil qilingan bo’lishi mumkin, bu ko’proq bankning kattaligiga, ko’rsatilayotgan xizmat turlarining sonlari, mijozlarning va bank tomonidan operatsiyalar soniga bog’liq uni quyidagi turlari bor: to’g’ri chiziqli, boshqaruv shtabli. To’g’ri chiziqli shtabli. Bankning texnologiyalari bank biznesini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishning vositasi sifatida bir qator asosiy tamoyillar asosida yaratiladi: bank vazifalarining turli tumanliklarini ularning to’liq integratsiyasi bilan qamrab olishda kompleks yondashish tamoyili; tizimni aniq buyurtma ostida keyinchalik o’stirish bilan osonlikcha konfiguratsiyalashga imkon beruvchi moduli tamoyili; turli xildagi tashqi tizimlar (telekommunikatsiya, moliyaviy tahlil tizimlari va boshqalar) bilan o’zaro hamkorlik qilishga, dasturiy texnik platformani tanlashni ta’minlashga va uni boshqa apparatli vositalarga ko’chirishga qodir texnologiyalarning ochiqligi tamoyili. bank tizimi modullarini sozlash va ularni aniq bankning ehtiyojlari va sharoitlariga moslashtirishning egiluvchanligi tamoyili; biznes jarayonlarini rivojlanganligi sari tizimning vazifaviy modulini kengayishi va murakkablashuvini ko’zda tutuvchi ko’lamlilik (masalan, filiallar va bank bo’linmalari ishini qo’llab-quvvatlash tahlilni guruhlashtirish va h.k.); haqiqiy vaqtda ma’lumotlarga ko’p foydalanishlar bo’yicha kirish va yagona axborot bo’shlig’ida vazifalarni amalga oshirish; bank va uning biznes jarayonlarini modullashtirish va biznes jarayonlarini algoritmik sozlashning imkoniyati; tizimli biznes jarayonlarini rivojlantirish asosida uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirish ADP bozorining tahlili shuni ko’rsatadiki, mujassamlashgan BAAT ning tizimchalari va vazifalarini amaliy ajratilishi ularni bir vaqtda uchta alomat bo’yicha: boshqaruv tuzilishi, mablag’larni o’zgartirish va boshqaruv vazifalari bo’yicha hisobga olinadi. Download 205.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling