GLOSSARIY
GLOSSARIY – ГЛОССАРИЙ – GLOSSARY
Algoritm (Алгоритм) (Algorithm)– amallarning cheklangan soni yordamida masala echimini belgilovchi buyruqlarning cheklangan to‘plami.
Kriptografik algoritm (Алгоритм криптографический),( Cryptographic algorithm) – kriptografik funksiyalarning birini xisoblashni amalga oshiruvchi algoritm.
Autentifikatsiya (Аутентификация),( Authentication) – odatda tizim resurslaridan foydalanishga ruxsat etish xususida qaror qabul qilish uchun foydalanuvchining (xakikiyligini), qurilmaning yoki tizimning boshqa tashkil etuvchisining identifikatsiyasini tekshirish; saqlanuvchi va uzatiluvchi ma’lumotlarning ruxsatsiz modifikatsiyalanganligini aniqlash uchun tekshirish.
Identifikatsiya (Идентификация),( Identification) – foydalanish sub’ektlari va obyektlariga identifikator berish va/yoki taqdim etilgan identifikatorni berilganlari ro‘yhati bilan taqqoslash.
Parol (Пароль),( Password) –tizimdan, dasturdan yoki ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat olish uchun kompyuter so‘rovi bo‘yicha kiritiladigan simvollarning noyob ketma-ketligi.
Protokol (Протокол),( Protocol)- qurilmalar, dasturlar, ma’lumotlarlarni ishlash tizimlari, jarayonlar yoki foydalanuvchilarning o‘zaro harakati algoritmini belgilovchi qoidalar majmui.
Axborot yaxlitligi (Целостность информации),( Information Integrity) - tasodifan va/yoki atayin buzilish hollarida hisoblash texnikasi vositalarining yoki avtomatlashtirilgan tizimning axborotini o‘zgartirmasligini ta’minlovchi xususiyati.
Maxfiy kalit (Ключ секретнiй),( Secret key)- ma’lum simmetrik shifrtizim kalitlaridan yoki ma’lum asimmetrik shifrtizimning ba’zi funksiyalaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslardan maxfiy sanaluvchi kalit.
Kriptografik tizim (Криптографическая система),( Cryptographic system, Cryptosystem)–axborotni kriptografik o‘zgartirishni va kalitlarni taqsimlash jarayonini boshqarishni ta’minlovchi texnik va/yoki dasturiy vositalar, tashkiliy usullar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |