1-ma’ruza. Hаyot faoliyati хаvfsizligi faniga kirish


Download 1.27 Mb.
bet1/5
Sana30.10.2021
Hajmi1.27 Mb.
#169508
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-maruza. Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish

1-MA’RUZA. HАYOT FAOLIYATI ХАVFSIZLIGI FANIGA KIRISH


OzMU HFХ bolimi boshligi:

Охunov Ravshan Zafarovich

МIRZO ULUGBEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

Reja:

1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari.

2. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchalari.

3. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy aksiomalari.

4. Xavflarning turlari va o‘rganish tartibi.

“Hаyot faoliyati хavasizligi” fanining maqsadi:

  • Hayot faoliyati xavfsizligi” fani - ilmiy metodologik fanlar qatoriga kirib, uning asosiy maqsadi, inson hayot faoliyatida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish uslublarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza qilish, ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan himoyalanishga tayyorlash hamda jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat.
  • «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining markaziy e’tiborida “inson-tabiat-jamiyat” rivojlanishining maqsadlari yotadi.

“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy vazifalari:

Xavflarning identifikatsiyasini o‘rganish. Xavflarning kelib chiqish sabablarini, uning xususiyatlarini va ko‘ngilsiz oqibatlarini o‘rganish.

Jarohatlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish.

Fuqarolarni turli xavflardan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o‘rgatish.

Mehnat jarayonlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish chora- tadbirlarini o‘rganish.

Tabiiy, texnogen va ekologik shikastlanish o‘choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklash ishlarini o‘tkazish.

Ishlab chiqarish jarayonlarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan uslubiytlarni islab chiqish

Ishlab chiqarish jarayonlarida va xizmat ko‘rsatish sohalarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘rganish.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling