Axmadaliyev mansurbekning himoyalangan bank tizimlari fanidan mustaqil ishi
Bank faoliyatini avtomatlashtirish xususiyatlari
Download 205.96 Kb.
|
Axmadaliyev Mus Ish bank
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qism
Bank faoliyatini avtomatlashtirish xususiyatlari.
BAAT ni texnik ta’minlash jarayonida bank texnologiyalari apparat vositalari arxitekturasi zamonaviy talablar asosida qurilish kerak. Ularga: aloqaning turli-tuman telekommunikatsion vositalari, ko’p mashinali majmualar, «mijoz-server»ning arxitekturasidan foydalanish, mahalliy, mintaqaviy va global tezkor tarmoqlarni qo’llash kiradi. «Mijoz-server» arxitekturasi banklarning axborot texnologiyalarini qurilishdagi texnik echimlarga zamonaviy yondoshishning asosi bo’ladi. Bu texnik ta’minlanishni tashkil qilish va axborotlarni ishlab chiqishni mijoz (ishchi stantsiya) va server deb nomlangan ikkita tarkibiy qism o’rtasida taqsimlanishini ko’zda tutadi. Ikkala qism birlashtirilgan kompyuterlarda bajariladi. Bunda mijoz-serverga so’rovlar yuboriladi, server esa ularga xizmat ko’rsatadi. Bunday texnologiya tarkiblashtirilgan so’rovlarning maxsus tiliga ega kasbiy MBBTda amalga oshiriladi. «Mijoz-server» texnologiyasining amalga oshirishini variantlaridan biri uning uch bosqichi arxitekturasidir. Tarmoqda kamida uchta kompyuter: mijoz qismi (ishchi stantsiya), qo’llanishlar serveri va ma’lumotlar bazasining serveri mavjud bo’lishi kerak. Mijoz qismida foydalanuvchi bilan o’zaro hamkorlik (foydalanish interfeys) tashkil qilinadi. Qo’llanishlar serveri mijoz qismi uchun biznes tadbirlarini amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasining serveri mijoz rolini bajaruvchi biznes tadbirlarga xizmat ko’rsatadi. Bunday arxitekturaning egiluvchanligi mustaqil va dasturiy resurslarni almashishidadir. Asosiy qism Dastlabki bosqichlarda mamlakatimizda bank texnologiyalarini rivojlantirish juda murakkab sharoitlarda olib borildi. Rivojlantirishda avvalgi markazlashtirilgan tizimda to'ilangan tajribalar asos bo'lib xizmat qilsada bozor iqtisodi sharoitida tijorat kredit muassasalari faoliyatini tashkil qilish tajribasiga ega bo'lgan mutaxassislar deyarli yo'q edi. Mamlakatimiz bank sohasini rivojlantirilishi bank axborot tizimlari va texnik tauminotini takomillashuviga ahamiyatli ta'sir qildi. Bankning kattaligi, uning moliyaviy ahvoli axborot texnologiyalarining iortfeli hajmini kattalashishiga etarli darajada o'z ta'sirini ko'rsatdi. Dastlabki bosqichda bank AT operatsion faoliyatni avtomatlashtirish asosiga qurilgan edi. "Bank operatsion kuni" deb nomlangan axborotlashtirilgan majmuaning asosini buxgalterlik ishlari tashkil qilar edi. Bank tizimlarini takomillashtirish keyingi yillarda ahamiyatli ravishda intensivlashib ketdi. 1996-1997 yillarda bu jarayonga banklar HBRni kiritilishi katalizator bo'lib xizmat qildi. Ammo, bank buxgalteriyasi qanchalik muhim bo'lishiga qaramay BAT kabi global tushunchaning bir tarkibiy qisminigina tashkil qiladi. Shunga qaramay aynan HBRni kiritilishi Markaziy bank harakati yo'nalishida va ATlarni rivojlantirish bo'yicha tijorat banklari asosiy sonini aniqlashda infratuzilma xususiyatidagi qator omillarni yuzaga kelishini aniqlab berdi. Bu omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: -Respublika Markaziy banki tomonidan milliy valyuta hisob-kitoblarini amalga oshirish uchun resiublika ichki elektron to'lovlar tizimini yaratish va joriy qilish; -tijorat banklari (TB) oieratsion faoliyatini turli usullar bilan avtomatlashtirilgan tizimlarini unifikatsiya qilishlarga urinish: -Oracle maulumotlar bazasini boshqarish relyatsion (jadvalli yo'naltirilgan) tizimi asosida oieratsion faoliyati avtomatlashtirilgan tizimini yaratish uchun bazaviy ilatforma tanlovi; -dasturiy majmuani ishlab chiqishda mahalliy ishlab chiquvchilarga tayanish ("Fido-biznes"); -TBAAT dasturiy majmuani joriy qilish. Download 205.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling