Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

O-opportunites, T-threat) metodidan foydalanadilar. Bunda mijozning 
to‗lovga layoqatlililigining asosiy mezonlari: 
- qarz olish uchun ariza beruvchilarning kuchli tomonlari; 


312
- qarzdorning kuchsiz va bo‗sh tomonlari; 
- qarz oluvchining muvaffaqiyati uchun qaysi omillar muhimligini 
aniqlash; 
- kredit berishdagi risk darajasi kabi ko‗rsatkichlar o‗rganib 
chiqiladi . 
Ko„pgina 
g„arb 
mamlakatlarida 
mijozlarning 
to„lovga 
layoqatliligini baholash quyidagi yo„nalishlarda olib boriladi: 
- Personal capacity - qarz oluvchining shaxsiy fazilatlari (odilligi, 
maqsadining jiddiyligi, yaxshi ishchi sifatida tavsifi v.b.); 
- Revenues – mijoz daromadi, oilaning yalpi daromadi tahlili. 
Bunda 
mijozning 
kreditni 
qoplash 
xarajatlari 
uning 
oylik 
daromadlarining 1/3 qismidan oshmasligi kerak. 
- Material capacity – ssudaning ta‘minlanishi, mijozning ko‗chmas 
va boshqa mulklari tahlili. 
Ko‗pincha mijozning pul oqimlari to‗g‗risida ma‘lumot talab 
qilinadi. 
Pul oqimi (cash flow) – bu mijozning xarajatlarini va 
majburiyatlarini qoplash uchun xususiy resurslarining yetarliligi yoki 
yo‗qligini o‗lchaydi.
Rivojangan mamlakatlarda mijozni kreditlashning muhim jihati 
kredit berish jarayonining (yuridik va jismoiny shaxslarga) markazida 
inson turadi. Masalan, Germaniyada qanday kredit olishdan qat‘iy nazar, 
qarz oluvchi o‗zining shaxsiy fazilatlari va to‗lovga layoqatliligi 
to‗g‗risida bir qator hujjatlarni bankka berishi lozim.
Kredit berish jumbog‗ini yechishda Germaniya banklarini 
qiziqtiradigan muammolar quyidagilardan iborat: 
- Tadbirkorning shaxsiy xarakteri: xulq-atvori, qiliqlari, tashqi 
ko‗rinishi, odati, ta‘sirchan talaffuzi, odillik darajasi (iqtisodiy va 
moliyaviy holati to‗g‗risida ochiq so‗zlashi), yoshi, oilaviy holati, 
jamoat ishlarida o‗rni, mansabi va xobbisi.
- Umumiy ma‘lumoti: o‗quv yurtini tugatganligi to‗g‗risidagi 
diplom nusxasi, malakasi, riskka qo‗l urishi, iqtisodga qiziqishi, 
rejalashtirish qobiliyati. 
- Jismoniy holati: sog‗lig‗i holati (oldingi kasalliklarini hisobga 
olgan holda), sport bilan shug‗ullanishi. 
- Texnik bilim saviyasi: maxsus o‗quv yurti, tajribasi, ishga 
ixtisoslashuvi. 
- Mulki: tashkilot ishlarida qatnashish darajasi, shaxsiy mulki
ko‗chmas mulkka egalik qilishi, daromadning boshqa manbalari, 
313
korxona daromadidan shaxsiy foydasi, shaxsiy qarzlari, soliq 
majburiyatlari, oila a‘zolarining mulkiy holati, musobaqalarda ishtiroki. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling