Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Fiksatsiya qilingan to„lov summasi usuli


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Fiksatsiya qilingan to„lov summasi usuli 
Agar lizing to‗lovlari bir tekis amalga oshirilayotgan bo‗lsa, 
to‗lovlar summasi murakkab foiz formulasi asosida aniklanadi. 
T=KxR/[1-1/(1+R)]. 
Bunda: 
T – lizing bo‗yicha to‗lovlar summasi, so‗mda; 
K – lizingga beriladigan asosiy vositalarning qiymati, so‗mda; 
R – to‗lov vaqtiga foiz stavkasi.
Shuningdek, shartnomada belgilangan t – to‗langan to‗lovlar soni 
(birlikda) olinadi. 
Misol: 
lizingga beriladigan asosiy vositalarning qiymati 100 ming so‗m. 
Lizing muddati – 8 yil. Foiz stavkasi (komission to‗lovlarni hisobga 
olgan holda) – yillik 10%. Lizing bo‗yicha to‗lovlar bir tekis summada, 
yiliga 2 marta amalga oshiriladi. 
To‗lovlarni to‗lash soni: 
t=8x2=16. 
Yarim yilga foiz stavkasi: 
R=10/2=5% yoki 0,05. 
To‗lovlar summasi: 
T=100x0,05/[1-1/(1+0,05)]=9,23 so‗m. 
8 yil ichida lizing oluvchi lizing beruvchiga 147,7 ming so‗m 
to‗laydi. (16x9,23). 
Avans usuli 
Bunda lizingni qabul qiluvchi lizing shartnomasini tuzayotganda 
lizingni amalga oshiruvchiga avansni to‗laydi. Avans summasi ayirilib 
tashlangandan keyin lizing to‗lovlarining qolgan qismlari (birinchi 
519
- xarajati noto‗liq qoplanadigan lizing (mulk noto‗liq amortizatsiya 
qilinadi), bunda shartnoma muddati mulkning normativ xizmat qilish 
muddatidan kamroq bo‗ladi. 
Moliyaviy 
lizingda 
lizingga 
beruvchi 
lizing 
oluvchining 
ko‗rsatmasiga binoan ko‗rsatilgan mulkni aniq sotuvchidan olib, mulkni 
unga lizing predmeti sifatida belgilangan to‗lov asosida, belgilangan 
muddatga va belgilangan shartlar asosida vaqtinchalik egalik qilish va 
foydalanishga berishlilik tushuniladi. 
Bunda lizing muddatining davomiyligi lizing predmetining umumiy 
amortizatsiyasi muddatiga teng yoki undan oshib ketishi mumkin. 
Lizing shartnomasining amal qilish muddati tugashi bilan lizing 
predmeti lizing oluvchining ixtiyoriga o‗tadi. Moliyaviy lizing to‗g‗ri va 
qaytadigan bo‗ladi. To‗g‗ri lizing lizing oluvchi ega bo‗lgan texnik 
imkoniyatini qayta jihozlashda qo‗llaniladi. 
Lizing beruvchi bu kelishuv bo‗yicha 100% miqdorda olinadigan 
mulkni moliyalashtiradi. 
To‗g‗ri moliyaviy lizing quyidagi sxema bo‗yicha amalga 
oshiriladi: 
28-rasm. To„g„ri moliyaviy lizingni tashkil qilish bosqichlari 
1-lizing kompaniyasi yoki bank, lizing oluvchi va sotuvchi bilan 
birgalikda uch tomonlama lizing shartnomasini tuzadi.
2-lizing beruvchi sotuvchiga asosiy vositalar qiymatini to‗la to‗lab 
beradi. 
3-lizing oluvchiga asosiy vositalarini yetkazib berish. 
4-lizing oluvchi lizing beruvchiga ijara to‗lovlarini to‗lab beradi. 
Lizing kelishuvining mexanizmi quyidagicha: xo‗jalik subyektiga 
asosiy vosita (belgilangan mulk) zarur. U sotuvchini (ishlab chiqaruvchi 
zavodni) topadi va lizing firmasiga asosiy vositaning qiymati, texnik 
ko‗rsatkichlari va ishlatish usullari haqidagi ma‘lumotni beradi. 
Lizing kompaniyasi firma sotuvchiga asosiy vositalarining 
qiymatini to‗lab beradi va uni lizingning oxirgi muddatida sotib olish 
Lizing oluvchi
Sotuvchi 




Lizing beruvchi 


520
huquqi bilan xo‗jalik subyektiga ijaraga berish to‗g‗risidagi shartnoma 
tuzadi. Bir vaqtning o‗zida lizing firmasi sotuvchi bilan asosiy 
vositalarni sotib olish to‗g‗risida shartnomani ham tuzadi. 
Asosiy vositalar xo‗jalik subyektiga bevosita sotuvchi tomonidan 
kelib tushadi. 
Lizing qabul qiluvchi lizing shartnomasiga asosan lizing firmasiga 
to‗lovlarni amalga oshiradi. 
Qaytariluvchan lizing ikki tomonlama lizing kelishuvi yoki 
moliyaviy lizingning bir turi bo‗lib, unda lizing predmetini sotuvchi bir 
vaqtning o‗zida lizing qabul qiluvchi sifatida ham namoyon bo‗ladi. 
Qaytariluvchan lizingda, uskunalarga ega bo‗lgan, lekin ishlab chiqarish 
faoliyati uchun yetarli mablag‗i bo‗lmagan korxona o‗z mulkini lizing 
kompaniyasiga sotadi, u esa, o‗z navbatida, ushbu uskunalarni shu 
korxonaning o‗ziga lizingga beradi. Mohiyatan qaytariluvchan lizing 
operatsiyalari deyilganda, lizing qabul qiluvchining qo‗shimcha 
moliyaviy resurslarini o‗z asosiy fondlarini garovga qo‗yish yo‗li bilan 
jalb qilish tushuniladi. Bunga bir jihatdan kredit operatsiyalarining 
muqobili sifatida qarash mumkin. Lizing shartnomasiga ko‗ra, tegishli 
muddat o‗tgach, korxona o‗z uskunalarini sotib olib, unga egalik 
huquqini qaytarib oladi. 


3

29- rasm. Qaytariluvchan lizingni amalga oshirish jarayonlari
1. Lizing obyektini sotib olish haqidagi shartnomaning tuzilishi. 
2. Lizing beruvchi va lizing oluvchi o‗rtasida lizing 
shartnomasining tuzilishi. 
3. Lizing to‗lovlarining to‗lanishi. 
4. Mulkka egalik huquqining lizing beruvchidan lizing 
oluvchiga o‗tishi (lizing to‗lovlari to‗liq amalga oshirilgandan keyin). 
Agar lizing kompaniyasining lizing obyektini sotib olish uchun 
mablag‗i yetarli bo‗lmasa, bu holda tijorat bankini jalb etish orqali 
lizing oluvchi lizing obyektini sotib olishi mumkin. 
Lizing beruvchi 
Lizing oluvchi 
(sotuvchi) 
521
Qaytariluvchan lizingning o‗ziga xos jihati shundaki, lizing 
beruvchi lizing oluvchining mulkni olib shu vaqtning o‗zida shu mulkni 
uning o‗ziga lizingga beradi. Shunday qilib, korxona qaytariluvchan 
lizingda moliyaviy mablag‗larga ega bo‗ladi, qaytarish kafolati bo‗lib, 
esa lizing beruvchiga berilgan o‗zining shaxsiy mulki hisoblanadi. Bank 
amaliyotida qaytariluvchan lizingning mohiyati shundaki, bank 
korxonadan asbob uskunalarni sotib oladi va keyin unga bu asbob-
uskunani lizingga beradi. Shunday qilib sotuvchi bir vaqtning o‗zida 
lizing oluvchi hisoblanadi. Operativ lizing esa bu lizingning bir turi 
bo‗lib, unda lizing beruvchi mulkni risk qilib sotib oladi va keyin uni 
lizing oluvchiga lizing predmeti sifatida belgilangan to‗lov, belgilangan 
muddat va belgilangan shartlar asosida vaqtinchalik egalik qilish va 
foydalanishga beradi. Lizing muddati shartnoma asosida belgilanadi. 
Lizing oluvchi operativ lizingni quyidagi 2 holatda tanlaydi: 
lizing obyekti vaqtinchalik kerak bo‗lganda, masalan, bir martalik 
ishlarni bajarishga yoki individual loyihani amalga oshirish uchun; 
ijaraga berilayotgan mulk tez ma‘naviy eskirishga uchraganda 
lizing oluvchi operativ lizingning muddati tugaganda, foydalayotgan 
texnika vositasidan yanada mukammalroq, foydaliroq mulk paydo 
bo‗lganda qo‗llashi mumkin. 
Iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra, lizing to‗g‗ri investitsiyalarga kiradi, 
chunki lizing oluvchi lizing beruvchiga material va pul shaklida amalga 
oshirilgan investitsion xarajatlarni (chegirmalarni) va mukofotlarni 
to‗lab berishi kerak. Investitsion xarajatlar va mukofotlar summasi lizing 
shartnomasining umumiy summasini tashkil etadi. Lizing to‗lovlarining 
hajmi, shakli va davriyligi lizing shartnomasida belgilanadi. 
Shartnomada lizing to‗lovlarini lizing predmeti ishlatilgan vaqtdan 
boshlab, 180 kundan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi ko‗zda 
tutilishi mumkin. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling