Account) va Pul Bozori Depoziti Hisob varag‗i (Money Market
Depozit Account)lari qo‗llaniladi. Asosiy Jamg‗arma Hisob varag‗i
(Basic Saving Account)da katta bo‗lmagan miqdor ( 100 AQSh doll.dan
boshlab )da mablag‗ qo‗yilishi va undagi mablag‗lar oqimi bo‗yicha
operatsiyalar ko‗plab o‗tkazilishi mumkin, ya‘ni bu talab qilinib
olinadigan hisob raqam rejimida ishlaydi, odatda, u bo‗yicha har
chorakda foizlar to‗lab boriladi.
157
Muddati o‗tgan aktivlarning salmog‗i umumiy aktivlar hajmidan 3
foizdan oshmasligi lozim.
Agar bu aktivlar miqdori 2 va undan ortiq marta o‗rnatilgan
normadan ko‗p bo‗lsa, bank faoliyati juda muammoli, uning kredit
siyosati juda zaif deb baholanadi.
Jadval ma‘lumotlari shuni ko‗rsatadiki, 2014-yilda 2015-yilga
nisbatan bankning daromad keltiruvchi aktivlari 25,2 punktga oshgan,
shunga muvofiq ravishda daromad keltirmaydigan aktivlar miqdori esa
1262 mln so‗mga kamaygan.
Bu bankning moliyaviy ahvoli yaxshilanganligidan dalolat beradi.
Tijorat
banklarida
daromad
keltiruvchi
aktivlar
qatorida
kreditlardan tashqari qimmatli qog‗ozlar, chet el valyutasida jalb
qilingan mablag‗lar ham mavjud.
Agar aktivlar tarkibida daromad keltiruvchi aktivlar salmog‗i
qancha ko‗p bo‗lsa, bu holat bank o‗z aktivlaridan daromad olish
maqsadida samarali foydalanayotganini bildiradi.
Tijorat banklari qimmatli qog‗ozlar bozorida investitsion institut,
broker va diller sifatida ishtirok etadilar.
Tijorat banklari faoliyatining o‗ziga xos xususiyati shundan
iboratki, ular qimmatli qog‗ozlar bozorining boshqa qatnashchilaridan
farqli o‗laroq, shu bozorda ayni vaqtda eng salmoqli investorlar va eng
ishonchli emitentlar sifatida o‗zini namoyon eta oladilar.
Tijorat bankining aktivlari tahlil qilinganda, uning investitsiya
portfeli (sotishga mo‗ljallangan qimmatli qog‗ozlarga yoki qaram
xo‗jalik jamiyatlariga va shu‘ba xo‗jalik jamiyatlariga qilingan
investitsiyalar, so‗ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli
qog‗ozlariga qilingan investitsiyalar) quyidagi omillar asosida
tasniflanishi va belgilangan miqdorda ehtimoliy yo‗qotishlarni qoplash
zaxirasi
yaratilganligiga
e‘tibor qaratish lozim. O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining me‘yoriy talablariga binoan tijorat
Do'stlaringiz bilan baham: |