Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

ikki turga - Bosh litsenziya va Ichki litsenziyalarga bo‗linadi. 
a) Bosh litsenziya tijorat banklariga O‗zbekiston Respublikasi 
hududida hamda chet elda xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga 
oshirish huquqini beradi.
b) Ichki litsenziya tijorat banklariga O‗zbekiston Respublikasi 
hududida chet el valyutasidagi operatsiyalarni to‗la yoki cheklangan 
doirada amalga oshirish uchun berilgan huquqdir. 
Chet el valyutasida operatsiyalar o‗tkazish uchun bosh yoki ichki 
litsenziyaga ega bo‗lgan bank vakolatli bank deb ataladi va bu bank 
qonun talablariga muvofiq litsenziya shartlari asosida o‗z faoliyatini 
amalga oshiradi.
Banklar quyidagi valyuta operatsiyalarini amalga oshiradi: 

xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish;

mijozlar valyuta hisob raqamini yuritish va depozitlarga valyuta 
mablag‗larini jalb qilish; 

valyutada xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish; 

valyutada kreditlar berish v.b. 
Tijorat 
banklari 
tomonidan 
amalga 
oshiriladigan 
valyuta 
operatsiyalari rasmiy valyuta kursiga asoslanadi. 
Chet el valyutasidagi bank operatsiyalari murakkabligi va 
tavakkalchiligining ortib borishi darajasiga qarab ham turlarga bo‗linadi. 
2-§. Valyuta kursining mohiyati va uning turlari 
Tashqi iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti turli mamlakatlarning 
valyutalari qiymatining o‗zaro nisbatini o‗lchashni talab etadi. Shu 
sababli valyuta kursi o‗rnatiladi va u valyuta tizimining muhim elementi 
hisoblanadi. 
Yanada aniqroq qilib valyuta kursining zaruriyatini quyidagilarda 
ifodalash mumkin: 
– tovarlar va xizmatlar bilan savdo qilishda, kapital va kreditlar 
harakatida valyutalarni o‗zaro almashtirish uchun - bunda eksportyor 
161
- asosiy qarz va foizlar bo‗yicha muddati o‗tgan qarzdorlik muddati 
90 kundan oshmagan bo‘lsa, aktivlarning sifati «qoniqarsiz» deb tas-
niflanadi. 
Tijorat banki sifati «qoniqarsiz» deb tasniflangan aktivlar uchun 
ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining yigirma besh 
foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim. 
Sifati «qoniqarsiz» deb tasniflangan aktivlarga xos barcha 
xususiyatlarga ega bo‗lib, mavjud sharoitda aktivlarning to‗liq 
qaytarilishini shubha ostiga va kam ishonchli qilib qo‗yadigan, 
«qoniqarsiz» aktivlarning hech bo‗lmaganda birorta ko‗rsatkichi, 
shuningdek, ayrim boshqa salbiy tavsiflari mavjud bo‗lsa (bozorda oson 
sotiladigan ta‘minotning mavjud emasligi yoki ta‘minlanmagan 
aktivlarning mavjudligi yoxud qarz oluvchining bankrot deb e‘lon 
qilinishi); 
- yaqin kelajakda aktivning qisman to‗lanish ehtimoli mavjud 
bo‗lsa; 
- asosiy qarz va foizlar bo‗yicha 90 kundan ortiq, lekin 180 kundan 
oshmagan muddati o‗tgan qarzdorlik mavjud bo‗lsa; 
- aktivlar sifati «shubhali» deb tasniflanadi. Bunda yo‗qotishlar 
ko‗rish ehtimoli yuqori bo‗lgan, lekin ayrim ijobiy omillari mavjud 
bo‗lgan aktivlar sifati sharoit oydinlashguncha «umidsiz» deb 
tasniflanmaydi. 
Tijorat banki sifati «shubhali» deb tasniflangan aktivlar uchun 
ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining ellik foizi 
miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim. 
Shartnomada 
belgilangan 
muddatda 
qaytarilmagan 
yoki 
qaytmasligidan dalolat beruvchi omillar yoki alomatlar mavjud bo‗lgan 
hamda qaytmaydigan yoki qiymati juda pastligi tufayli hisobini balansda 
aktiv sifatida yuritilishi maqsadga muvofiq emas deb baholanadigan
aktivlarning undirilishi sud jarayonida bo‗lgan; 
- qarzdor va lizing oluvchidan undirilgan, garovga qo‗yilgan mol-
mulkka bo‗lgan huquqlardan foydalanish yo‗li bilan tijorat banki 
tomonidan balansga qabul qilingan kundan boshlab uch oy muddatda 
sotilmagan va bank faoliyatini kengaytirish uchun sotib olingan binodan 
ikki yil mobaynida foydalanilmagan hamda bank faoliyati uchun ortiq 
foydalanilmay qo‗yilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida sotilmagan 
bo‗lsa; 
- aktivlarning to‗lash muddati uzaytirilgan bo‗lsa; 


162
- asosiy qarz va foizlar bo‗yicha 180 kundan ortiq kunga muddati 
o‗tgan qarzdorlik mavjud bo‗lsa, bunday aktivlar sifati «umidsiz» deb 
tasniflanadi. Tijorat banki tomonidan ta‘minotga olingan mulkni sotish 
orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish yoki uni qaytarish choralari 
qo‗llanishi lozim. 
Tijorat banki sifati «umidsiz» deb tasniflangan aktivlar uchun 
ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining yuz foizi 
miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim. Aktivlarning sifat 
darajasiga qarab shakllantirilgan zaxiralarning yetarliligi davriy ravishda 
kamida oyiga bir marotaba tahlil qilinishi, zarur hollarda, qo‗shimcha 
zaxiralar yaratilishi lozim. 
Agar qarzdor bir nechta tijorat bankidan kredit olgan va ularning 
birida qaytarilishi lozim bo‗lgan aktivlar sifati eng past toifada 
tasniflangan bo‗lsa, boshqa tijorat banklari ham ushbu qarzdorga 
berilgan aktivlar sifatini mazkur toifada tasniflashlari lozim. Aktiv sifati 
«umidsiz» deb tasniflanishi bilan 3 ish kuni ichida uning hisobi 
balansdan tashqari moddalarda aks ettirilishi va tegishli maxsus zaxiralar 
kamaytirilishi lozim. Zararlar ular tan olingan davrda hisobdan 
chiqarilishi kerak. 
Quyida keltirilgan omillardan hech bo‗lmaganda bittasi mavjud 
bo‗lishi, Markaziy bank tomonidan muayyan aktivlar sifatini yanada 
salbiy tasniflash uchun asos bo‗ladi: 
- tijorat banki kredit portfeli umumiy holatining yomonlashuvi; 
- tijorat bankida kreditlar berishga doir yetarli tahlil va 
tekshiruvlarning o‗zgarishi yoki mavjud emasligi; 
- tijorat banki shu tarmoq va sohaga berilgan kreditlar bo‗yicha 
amalda zararlar ko‗rganligi; 
- yirik aktivlarning to‗planishi; 
- nomaqbul 
iqtisodiy 
yo‗nalish 
va 
sharoitlar, 
xususan, 
qarzdorlarning bir yoki bir necha sanoat tarmoqlari yoki ma‘muriy-
hududiy birlikda katta miqdorda to‗planishi; 
- tijorat banki tomonidan taqdim etilgan hisobotni tahlil qilish yoki 
Markaziy bank tomonidan o‗tkazilgan inspeksiya tekshirishlari 
natijasida aniqlangan qarzdorning yoxud tijorat bankining moliyaviy 
ahvoliga taalluqli boshqa holatlar. 
Bunda Markaziy bank belgilangan miqdorda zaxiralarni qayta 
ko‗rib chiqishni va (yoki) qo‗shimcha zaxiralar shakllantirishni talab 
qilishi mumkin. 
175
varlarini sotadilar va xizmatlar ko‗rsatadilar. Tomonlar tijorat 
banklarining mijozlari bo‗lganligi bois ular o‗rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlarning hisob-kitoblari banklar tomonidan amalga oshiriladi. 
Bu jarayonlarda banklar mijozlari hisobidan zarur hollarda o‗z 
mablag‗lari 
(kreditlar 
berish) 
hisobidan 
hisob-kitob, 
valyuta 
operatsiyalarini amalga oshiradilar.
Banklar o‗z xalqaro operatsiyalarida turli davlatlarning xo‗jalik 
subyektlari korxona, tashkilotlari, moliyaviy muassasalari bilan pul 
mablag‗larini o‗tkazish va qabul qilish, xalqaro kreditlarni taqdim etish 
va olish, valyuta almashtirish, xalqaro qimmatli qog‗ozlarning savdo 
sotiqlari va boshqalar bilan shug‗ullanadilar. 
Bunday bank operatsiyalari murakkab deb hisoblanib, bank va bank 
xodimlaridan 
maxsus 
tayyorgarlikni 
talab 
etadi. 
O‗zbekiston 
Respublikasida tijorat banklari valyuta operatsiyalarni amalga oshirish 
uchun Markaziy bankdan valyuta operatsiyalarni olib borishga ruxsat 
beruvchi valyuta litsenziyasini olishi lozim. Litsenziya O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining ―Tijorat banklariga chet el 
valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish 
tartibi‖ 
asosan 
amalga 
oshiriladi. 
Litsenziya 
O‗zbekiston 
Respublikasining ―Valyutani tartibga solish to‗g‗risida‖, ―O‗zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to‗g‗risida‖ hamda ―Ayrim faoliyat 
turlarini litsenziyalash to‗g‗risida‖gi qonunlariga muvofiq tijorat 
banklarining arizasiga ko‗ra, ularning chet el valyutasida operatsiyalar 
o‗tkazishga tayyorligidan kelib chiqib beriladi. Tijorat banklarining 
litsenziya olish uchun topshirgan hujjatlariga (Ilova) asosan ularning 
valyuta operatsiyalarini o‗tkazishga tayyorgarlik darajasi O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan talabnomalar 
asosida aniqlanadi. Bunda tijorat bankning faoliyati malakaviy (bank 
xodimlarining xalqaro iqtisodiy, valyuta, kredit, hisob-kitob va boshqa 
xalqaro moliyaviy munosatlar normalarini, xorijiy tillarni bilishi hamda 
tajribaga ega ekanligi va boshqa ko‗nikmalar) va texnik talablar (bank 
texnik-texnologik va boshqa jihatlardan imkoniyati mavjudligi) jihatdan 
o‗rganiladi. 
Valyuta operatsiyalarini o‗tkazishga ruxsat beruvchi litsenziya 
quyidagi maxsus shartlarga rioya etilgandagina beriladi: 

tijorat banki tashkil etilgandan boshlab bir yildan ortiq muddat 
faoliyat ko‗rsatgan bo‗lishi; 

tijorat banki Markaziy bank tomonidan o‗rnatilgan barcha 
normativlarni bajarishi; 


174

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling