Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
-§. Bank aktivlarining sifat darajasi
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
2-§. Bank aktivlarining sifat darajasi Tijorat banki aktivlarining sifatini baholashda qarz oluvchining faoliyati quyidagi mezonlar asosida baholanadi: - tarmoq (iqtisodiyot sektori) tendensiyasi va istiqboli; - muayyan loyihaning texnik amalga oshiriluvi va iqtisodiy ra- qobatbardoshligi; - moliyaviy holati va kredit olishga qodirligi; - kredit tarixi, kredit ta‘minotining yomonlashuvi yoki likvidliligi- ning pasayishi; - muayyan loyihaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi; - rahbarining boshqarish qobiliyati (agar qarzdor yuridik shaxs bo‗lsa). Aktivlar sifatining tahlili va tasnifi natijalari yuqorida keltirilgan mezonlar tijorat banklarining kredit portfeli va boshqa aktivlaridagi risk darajasini aniqlash va baholashda qo‗llaniladi. Bank aktivlari tarkibida birinchi darajali likvidli aktivlar hissasi qanchalik ko‗p bo‗lsa, bank likvidliligi shuncha yuqori bo‗ladi. Lekin, shuni ham alohida ta‘kidlash lozimki, bunday aktivlar daromad keltirmaydi. Risklik darajasiga qarab aktivlar, odatda, to„rt guruhga bo‗linadi. 1-guruh - riskdan xoli bo‗lgan aktivlar. Bularga: naqd pullar va turli kassa hujjatlari, chet-el valyutasi, Markaziy bank omborlarida saqlanayotgan oltin quyilmalar, Markaziy bankning vakillik va zaxira hisob varaqlaridagi mablag‗lar. O‗zbekiston Respublikasi hukumati va Markaziy bankiga bo‗lgan talablar va ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar, nomoddiy aktivlar v.b. 2-guruh - kichik (minimal) riskli aktivlar. Bularga: boshqa banklarning vakillik hisob varaqlaridagi olinishi lozim bo‗lgan mab- lag‗lar, qarzlar, pul bozori vositalari, risk darajasi past bo‗lgan mam- lakatlar banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar bilan ta‘minlangan barcha aktivlar, xalqaro moliya tashkilotlariga bo‗lgan tal- ablar, bu tashkilotlar tomonidan kafolatlangan bank aktivlari, xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan muamalaga chiqarilgan qimmatli 176 - valyuta operatsiyalarini o‗tkaza oladigan, jumladan, xorijiy tillarni biladigan malakali xodimlarga ega bo‗lishi; - bank valyuta operatsiyalarini o‗tkazish unga kerakligini isbotlay olishi (o‗z mijozlari talablari hisobiga); - valyuta operatsiyalarini o‗tkazish uchun kerakli moddiy-texnik bazaga ega bo‗lishi (kassa, sklad, hisob-kitob markazi) lozim v. b. Valyuta operatsiyalarini o‗tkazish uchun beriladigan litsenziyalar Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling