Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktivlarning yuqori likvidli bo„lmagan ta‟minotiga
qarab 2 guruhga bo„linadi. Bular:
- yuqori likvidli ta‘minotiga ega bo‗lgan aktivlar; - yuqori likvidli bo‗lmagan ta‘minotli aktivlar. Aktivlarning yuqori likvidli ta‟minotiga: 152 O‗zbekiston Respublikasi hukumatining kafolati: - tijorat banklarida ochilgan hisob varaqlardagi milliy va xorijiy valyuta shaklidagi garov; - hukumatning qimmatli qog‗ozlari shaklidagi garov; - Markaziy bankning qimmatli qog‗ozlari shaklidagi garov; - qimmatbaho metallar shaklidagi oltin va kumush quymalari shaklidagi garov kiradi. Aktivlarning yuqori likvidli bo„lmagan ta‟minotiga: - ko‗chmas mulk, shu jumladan, yer uchastkasiga bo‗lgan huquq; - ko‗char mol-mulk; - xo‗jalik jamiyatidagi ulushga bo‗lgan huquq; ba‘zi bir qimmatli qog‗ozlar shaklidagi garov; yuridik va jismoniy shaxslarning kafolat va kafilliklari kiradi. Ta‘minotni tahlil qilishda tijorat banklari tomonidan uning likvidliligi e‘tiborga olinishi lozim. Bunda tijorat banki ta‘minotni sotishdan asosiy qarz va foiz summalarining qaytarilishini baholashi shart. Bank doimiy tarzda o‗zining likvidliligini ma‘lum bir darajada saqlashi kerak, ya‘ni o‗zining to‗lovga qobilligini shubha ostida qoldirmasligi kerak. Bankning aktivlari qanchalik darajada likvid bo‗lsa shunchalik, ular bilan bog‗liq risk kichik bo‗ladi, ammo shunga javoban ularga to‗lanadigan foiz ham shunchalik past bo‗ladi. Bank likvidlilikni ikki xil yo‗l bilan ta‘minlash mumkin: - ortiqcha likvidli aktivlarni yig‗ish orqali; - jahon amaliyotida keng qo‗llanilayotgan usul – likvidlilikni kam daromad keltiruvchi va tez sotiluvchi qimmatli qog‗ozlarga investitsiyalash orqali ta‘minlash mumkin. Kassadagi pul mablag‗lari – bankning kassasidagi saqlanayotgan va bank kunlik hisob raqamlar bo‗yicha naqd pul berishga, pulni maydalab berishga, naqd pul shaklida kreditlar berishga, bank xarajati uchun haq to‗lashga, xizmatchilarga ish haqi berishga va boshqa xarajatlarga ishlatish uchun zarur bo‗lgan qog‗oz pullar va tangalar hisoblanadi. Shuning uchun ham bank mijozning talabini qondirishda beriladigan qog‗oz pullarga va tangalarga ega bo‗lishi kerak. Ushbu kassadagi naqd pullarning qoldig‗iga bir nechta omillar ta‘sir qiladi, jumladan: mavsumiylik, bankning hududiy joylashishi v.b. Odatda, jahon amaliyotida bank aktivlarning naqd pul bo‗limiga, kassadagi naqd pullar, majburiy zaxiralar fondiga ajratmalar, vakillik banklarga joylashtirilgan depozitlar hamda inkassatsiya qilinayotgan naqd pullar 153 qo‗shiladi, chunki bu mablag‗lar birinchi talab qilinganda naqd pulga aylanadi. Shuning uchun ham bu mablag‗larni bankda ―birinchi mudofaa chizig‗i‖ deb atashadi, chunki mijoz tasodifan o‗z depozitini yoki kredit so‗rab kelganda aynan shu mablag‗lardan foydalaniladi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling