Rossiya federatsiyasida risk darajasiga qarab aktivlarni taqsimlash
Risk
dara-
jasi
Risk
koeffitsiyenti
Aktivlarning risklilik darajasi
I
0% dan 2%
gacha
risk
0% - Rossiya bankidagi mablag‗lar
2% - kassadagi mablag‗lar
II
2% dan 20%
gacha risk
Hukumat kafolati ostidagi kreditlar, davlat
qimmatli qog‗ozlari, mahalliy davlat organlari
kafolati ostida berilgan kreditlar
III
20% dan 50
foizgacha risk
Norezidentlarining bankdagi erkin
ayirboshlanadigan valyutada mablag‗lari
Ularning kafolati ostida berilgan kreditlar,
banklararo kreditlar
IV
50% dan 100%
gacha risk
Norezident banklardagi vakillik hisob
varaqlaridagi cheklangan
konvertatsiyalanadigan mablag‗lar
V
100% risk
Barcha qolgan aktivlar (nolikvid aktivlarga
berilgan kreditlar, qimmatli qog‗ozlar va h.k.)
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarning bank amaliyotida
aktivlarning sifatini aniqlashning asosiy mezoni bo‗lib, riskka tortilgan
aktivlarning kapitalga nisbati maydonga chiqayapti va shunga asosan
banklar reytingi belgilanadi. Reyting besh tipdagi baholar turkumiga
ega.
1-reyting (kuchli)
Agar tortilgan aktivlarning aksioner kapitaliga nisbati 5 foizdan
oshmasa, ba‘zi hollarda bu nisbat 5 foizlik chegaradan ozroq oshsa ham,
agar bankning moliyaviy holati barqaror bo‗lsa va boshqaruv organlari
o‗zlarining muammoli kreditlar bilan ishlashda bilimdonligini ko‗rsatsa,
bu aktivni kuchli aktivlar sifatida tasniflash mumkin.
2-reyting (qoniqarli)
Zaxiraning o‗rtacha tortilgan miqdori jami kapitalga nisbatan 15
foizdan yuqori bo‗lmasligi lozim. Bu holda ham ssudalar bo‗yicha
muammolar bo‗lmasa, bankning kredit siyosati talab darajasida olib
borilsa shu guruhga kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |