Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

qarab 2 guruhga bo„linadi. Bular: 
- yuqori likvidli ta‘minotiga ega bo‗lgan aktivlar; 
- yuqori likvidli bo‗lmagan ta‘minotli aktivlar. 
Aktivlarning yuqori likvidli ta‟minotiga


152
O‗zbekiston Respublikasi hukumatining kafolati: 
- tijorat banklarida ochilgan hisob varaqlardagi milliy va xorijiy 
valyuta shaklidagi garov; 
- hukumatning qimmatli qog‗ozlari shaklidagi garov; 
- Markaziy bankning qimmatli qog‗ozlari shaklidagi garov; 
- qimmatbaho metallar shaklidagi oltin va kumush quymalari 
shaklidagi garov kiradi. 
Aktivlarning yuqori likvidli bo„lmagan ta‟minotiga
- ko‗chmas mulk, shu jumladan, yer uchastkasiga bo‗lgan huquq; 
- ko‗char mol-mulk; 
- xo‗jalik jamiyatidagi ulushga bo‗lgan huquq; 
ba‘zi bir qimmatli qog‗ozlar shaklidagi garov; 
yuridik va jismoniy shaxslarning kafolat va kafilliklari kiradi. 
Ta‘minotni tahlil qilishda tijorat banklari tomonidan uning 
likvidliligi e‘tiborga olinishi lozim. Bunda tijorat banki ta‘minotni 
sotishdan asosiy qarz va foiz summalarining qaytarilishini baholashi 
shart. 
Bank doimiy tarzda o‗zining likvidliligini ma‘lum bir darajada 
saqlashi kerak, ya‘ni o‗zining to‗lovga qobilligini shubha ostida 
qoldirmasligi kerak. Bankning aktivlari qanchalik darajada likvid bo‗lsa 
shunchalik, ular bilan bog‗liq risk kichik bo‗ladi, ammo shunga javoban 
ularga to‗lanadigan foiz ham shunchalik past bo‗ladi. 
Bank likvidlilikni ikki xil yo‗l bilan ta‘minlash mumkin: 
- ortiqcha likvidli aktivlarni yig‗ish orqali; 
- jahon amaliyotida keng qo‗llanilayotgan usul – likvidlilikni kam 
daromad keltiruvchi va tez sotiluvchi 
qimmatli 
qog‗ozlarga 
investitsiyalash orqali ta‘minlash mumkin. 
Kassadagi pul mablag‗lari – bankning kassasidagi saqlanayotgan va 
bank kunlik hisob raqamlar bo‗yicha naqd pul berishga, pulni maydalab 
berishga, naqd pul shaklida kreditlar berishga, bank xarajati uchun haq 
to‗lashga, xizmatchilarga ish haqi berishga va boshqa xarajatlarga 
ishlatish uchun zarur bo‗lgan qog‗oz pullar va tangalar hisoblanadi. 
Shuning uchun ham bank mijozning talabini qondirishda beriladigan 
qog‗oz pullarga va tangalarga ega bo‗lishi kerak. Ushbu kassadagi naqd 
pullarning qoldig‗iga bir nechta omillar ta‘sir qiladi, jumladan: 
mavsumiylik, bankning hududiy joylashishi v.b. Odatda, jahon 
amaliyotida bank aktivlarning naqd pul bo‗limiga, kassadagi naqd 
pullar, majburiy zaxiralar fondiga ajratmalar, vakillik banklarga 
joylashtirilgan depozitlar hamda inkassatsiya qilinayotgan naqd pullar 
153
qo‗shiladi, chunki bu mablag‗lar birinchi talab qilinganda naqd pulga 
aylanadi. Shuning uchun ham bu mablag‗larni bankda ―birinchi mudofaa 
chizig‗i‖ deb atashadi, chunki mijoz tasodifan o‗z depozitini yoki kredit 
so‗rab kelganda aynan shu mablag‗lardan foydalaniladi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling