Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

3-reyting (o„rtacha) 
Tortilgan aktivlar jami kapitalning 30 foizidan oshmasligi kerak.
4-reyting (muammoli) 


154
qog‗ozlar bilan ta‘minlangan aktivlar, O‗zbekiston Respublikasi huku-
mati, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki, risk darajasi past 
bo‗lgan mamlakatlar hukumati tomonidan chiqarilgan bozor qiymatida 
baholangan qimmatli qog‗ozlar ko‗rinishidagi garov bilan ta‘minlangan 
aktivlar va balansdan tashqari majburiyatlar, hisob-kitoblar jarayonida 
bo‗lgan pul hujjatlari va boshqalar kiradi. Bu aktivlar bo‗yicha risk da-
rajasi 20 foizga teng. 
3-guruh - yuqori riskli aktivlar: jismoniy shaxslarga uy-joy sotib 
olish va qurish uchun berilgan va garov bilan ta‘minlangan kreditlar. 
Bunda kreditning miqdori garov qiymatining 60 % dan oshmasligi lo-
zim. Bu aktivlar bo‗yicha risk 50 foizga teng. 
4-guruh - yuqori darajadagi riskli aktivlar: banklar tomonidan be-
rilgan barcha kreditlar, bankning asosiy vositalari va boshqa mulklari, 
foiz o‗stirmaslik maqomi berilgan va qayta ko‗rib chiqilgan kreditlar, 
bankda dastlabki garov huquqiga ega bo‗lmagan kreditlar, milliy valyu-
taga denominatsiya qilinmagan va milliy valyutada moliyalashtirish 
summasidan oshgan aktivlar, risk darajasi past bo‗lgan mamlakatlarning 
depozitar institutlari kapitali bo‗lgan qimmatli qog‗ozlar va boshqa ak-
tivlar kiradi. Ushbu guruhga kiruvchi aktivlarning risk darajasi 100 % ni 
tashkil qiladi. 
5-guruh - o‗ta yuqori (maksimal) riskli aktivlar: bu aktivlarga sud 
jarayonidagi va belgilangan tartibda undirilmagan aktivlar, qarzni to‗liq 
yoki qisman undirish uchun bank balansiga olingan ko‗chmas mulklar, 
ikki yildan ko‗p muddatga foydalanilmayatgan bank bino inshootlari, 
muddati bir martadan ortiq uzaytirilgan va shartlari qayta ko‗rib 
chiqilgan kreditlar. Ushbu guruhdagi aktivlarning risk darajasi 150 % 
miqdorida belgilanadi. 
Bu aktivlar bo‗yicha risk darajasi maksimal bo‗lib, u 100 foizga 
teng bo‗ladi.
Tijorat bankining balans ma‘lumotlari shuni ko‗rsatadiki, 2015-yil 
1-yanvarda bankning umumiy aktivlari 60,1 mlrd so‗mni tashkil qildi. 
Shundan 14 foiz (ya‘ni 8,5 mlrd so‗mni) riskdan xoli bo‗lgan aktivlar, 
68 foiz (41mlrd so‗m) kam riskli aktivlar, 1 foiz (0,6 mlrd so‗m) esa kat-
ta riskli aktivlarni, maksimal darajali riskli aktivlar 17 foizni tashkil 
qiladi. Riskni inobatga olganda barcha aktivlar 18,8 mlrd so‗mni tashkil 
qilgan. 
Xalqaro amaliyotda bank aktivlarinig risklilik darajasiga turli 
yondashuvlar mavjud. Masalan, Rossiya banklari amaliyotida bank 
aktivlari o‗zining risklilik darajasi bo‗yicha quyidagicha tasniflanadi.
151
Banklar amaliyotida aktivlar bank balansida likvidlik darajasiga 
qarab aks ettiriladi va likvidlik darajasiga qarab ular quyidagi 3 guruhga: 
yuqori likvidli aktivlar, likvidli aktivlar, nolikvid (past likvidli) 
aktivlarga bo‗linadi. 
1 guruh - yuqori likvidli aktivlar. Bularga: 
a) naqd pullar, sof quyma oltin, qimmatli toshlar, moneta, cheklar 
va boshqa pul hujjatlari;
b) O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisob 
varag‗idagi mablag‗lar; 
d) bankning boshqa banklarda ochilgan hisob varag‗idagi 
mablag‗lar; 
e) majburiy zaxira hisob varag‗i bo‗yicha mablag‗lar qoldig‗i;
f) qisqa muddatli (7 kungacha) banklararo kreditlar va depozitlar; 
g) xalqaro reyting kompaniyalari yuqori baho bergan, risk darajasi 
past bo‗lgan mamlakatlar transmilliy kompaniyalarining qimmatli 
qog‗ozlari. 
2 guruh - likvid aktivlar. Bularga: 
a) berilgan kreditlar (jumladan, banklararo ham); 
b) o‗z investitsiyalari; 
d) boshqa qimmatli qog‗ozlar, muddati 30 kungacha bo‗lgan 
debitorlar. 
3 guruh - nolikvid (past likvidli) aktivlar. Bularga: 
a) muddati o‗tgan ssudalar; 
b) muddati o‗tgan foizlar; 
d) sud aralashuvi bilan o‗zlashtirilishi ko‗zda tutilgan ssudalar; 
e) tugallanmagan ishlab chiqarish; 
f) asosiy vositalar kiradi. 
Mamlakatimiz tijorat banklari amaliyotida aktivlar likvidliligi 
ta‘minot likvidliligiga qarab baholanadi. Lekin ta‘minot kredit 
to‗lashning ikkilamchi manbayi hisoblanadi. Aslida beriladigan kredit 
korxona moliyaviy holatining barqarorligiga, kredit obyekti bo‗lgan 
tovar-moddiy boyliklar, xizmatlar, investitsiyalarning daromadlilik 
darajasiga bog‗liq. Shu bois, tijorat banklari ta‘minotga kreditni 
qoplashning 
asosiy 
manbayi 
sifatida 
qaralmasligi 
lozim. 
Amaliyotimizda bank aktivlari ta‟minotning likvidlilik darajasiga 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling