Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
Quyidagi tayanch s o„zlarga ta‟rif bering Ta‘minlanganlik Garov Kafolat Kafillik Subsidiar Sug‗urtalash Garov bahosi Garov likvidliligi Sessiya O„z bilimini tekshirish uchun savollar: - Kreditning ta‘minlanganligi deganda nimani tushunasiz va u nima uchun zarur? - Ta‘minlanganlikning qaysi shakllari mavjud? - Bank kafolati deganda nimani tushunasiz? - Kafolatning qaysi turlarini bilasiz? - Garovning turlarini izohlang. - Garovning baholash tartibini tushuntiring. - Kafillik deganda nimani tushunasiz? 354 X BOB. KREDITLASH JARAYONLARI VA ULARNING BOSQICHLARI 1- §. Tijorat banklarining kredit siyosati va uning zarurligi Kreditlashni tashkil etish kredit munosabatlarining ikki subyekti – bank va qarz oluvchining o‗zaro majburiyatlari hamda manfaatlarini uy g‗unlashtirishni nazarda tutadi. Kreditor sifatida banklarning olib boradigan faoliyati ular uchun me‘yoriy bo‗lgan hujjat kredit siyosatida o‗z aksini topadi. Tijorat banklari kredit siyosatini mustaqil tuzadilar. Har bir bank siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa jihatlarni hisobga olgan holda o‗z kredit siyosatini shakllantirishi, bankning kreditlash faoliyati va kreditlarni boshqarishning asosi hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 2-martdagi «Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‗yiladigan talablar to‗g‗risida»gi nizomiga asosan bankning kredit siyosatiga quyidagicha ta‘rif beriladi: Bankning kredit siyosati – kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risklarni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarining kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir k o‗rsatmalar bilan ta‘minlovchi hujjatdir. Tijorat banklarining kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishning asosi hisoblanadi. Bu siyosat bank xodimlarining kredit berish, bankning kredit portfelini boshqarish bilan bo g‗liq obyektiv standartlarini va mezonlarini aniqlab beradi. Kredit siyosatini t o‗g‗ri tuzish va olib borish, barcha bo‗limlar tomonidan bu siyosat maqsadining aniq tushinilishi bank boshqaruviga kredit standartlarini t o‗g‗ri olib borishiga, yuqori risklardan himoyalanishga, bank imkoniyatlarini t o‗g‗ri aniqlashga asos hisoblanadi. Yaxshi ishlab chiqilgan kredit siyosati kredit riskini boshqarish va uni kamaytirishga yaxshi imkon beradi. Kredit siyosatining zarurligi shundaki, bank katta yoki kichikligidan, unda kam yoki k o‗p xodim ishlashidan qat‘i nazar, bankda bu siyosat b o‗lishi lozim. Chunki bu siyosat kredit bo‗yicha unifitsirlashgan umumiy qoida va tamoyillar va operatsiyalar bajarilishining ketma-ketligini ta‘minlaydi. Bankning kredit siyosati bankning hamma xodimlari, bank rahbariyatigacha bir xil b o‗lishi lozim. 367 tomonlarning huquq va majburiyatlari, bu majburiyatlarni bajarilishining huquqiy kafolatlari k o‗rsatilgan bo‗ladi. Kredit shartnomasi, odatda, yozma shaklda tuziladi va kerakli shaxslar tomonidan imzolanadi. Yozma shaklda tuzilmagan kredit shartnomasi haqiqiy hisoblanmaydi. Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga asosan Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling