U
O„K 336.71(075.8)
KBK 65.262.1
Taqrizchilar:
i.f.d., prof. N.Karimov;
i.f.d., prof. M.Yuldashev
Sh
.
Z.Abdullayeva
A 15 Bank ishi:
Darslik / Sh
.
Z. Abdullayeva;
O‗zbekiston Respublikasi Oliy va
o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2017. – 732 b.
Mazkur «Bank ishi» darsligi kadrlar tayyorlash bo‗yicha Davlat ta‘lim
standarti talablariga muvofiq
ishlab chiqilgan namunaviy
o‗quv dasturi asosida
yaratilgan.
Unda banklar faoliyati turli jihatlardan mujassamlashtirilgan b
o‗lib, bank
tizimi
va uning b
o‗g‗inlari, Markaziy bank va tijorat banklari faoliyatini tashkil
qilishning huquqiy va iqtisodiy asoslari, tijorat banklari
faoliyatining Markaziy
bank tomonidan muvofiqlashtirilishi, shuningdek, tijorat
banklarining passiv va
aktiv operatsiyalari, ularning resurslari, kapitali, aktivlari va ularning sifati, tijorat
banklarining valyuta va qimmatli qo
g‗ozlar bilan operatsiyalari,
daromadlari va
xarajatlari, ularning foydasi kabi mavzular
o‗z ifodasini topgan. Darslikda tijorat
banklari tomonidan kreditlashni tashkil etish, mijozning
kreditga layoqatliligini
aniqlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash, kreditlarning
t
a‘minlanganligi,
tijorat banklarining lizing, faktoring, forfeyting operatsiyalari,
foiz siyosati, tijorat banklarining likvidliligi va t
o‗lovga layoqatliligi, bank risklari,
banklarning yangi xizmatlari kabi mavzular ham yoritilgan.
Mazkur darslikdan
bankirlar, moliya, buxgalteriya hisobi va audit y
o‗nalishi bitiruvchilari, magistrlar
va doktorantlar hamda bank xodimlari foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: