Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
birja indekslari
deyiladi. Birjada q o‗llaniladigan eng mashhur indekslardan biri bu – Dou- Jons indeksidir. U AQShdagi 30 ta yirik sanoat korporatsiyalari aksiyasining birjadagi kursi bilan belgilanadi. Dou-Jons indeksini hisoblash uchun kundalik bozor narxini o‗sha davrdagi aksiyalar guruhidagi sonlarga k o‗paytirib umumiy aksiyalar soniga bo‗lish kerak: AiPi Dou-Jons indeksi = -------------- • A Bunda, Ai – kompaniyalarda chiqarilgan aksiyalar soni; Pi – tegishli kompaniyalar aksiyalarining bozor narxi; A - umumiy aksiyalar soni. Professionallar fond bozorida faoliyat k o‗rsatish jarayonida turli «o‗yinlarni» qo‗llaydilar. «Ayiqlar» o‗yini – daromad olish maqsadida qimmatli qog‗ozning bozor narxini pasaytirishga qaratilgan jarayon. Professional ma‘lum qimmatli qo g‗ozning bozor narxining pasayishini oldindan sezgan holda uni ma‘lum muddatga qarzga olib turadi. Qarzga olingan qimmatli qo g‗ozning narxi pasaymasdan payt poylab darrov sotib yuboriladi. Qarz muddati yetib kelgan qimmatli qo g‗ozning narxi pasayib ketadi va shu pasaygan narx b o‗yicha «ayiq» qarzga olgan qimmatli qo g‗oz uchun o‗z qarzini to‗laydi. Bunda, «ayiq»ning daromad qarzga olingan qimmatli qo g‗ozni sotish narxi va qarzni to‗lash vaqtida uning bahosi tafovuti k o‗rinishida ifodalanadi. «Buqa» - qimmatli qog‗ozlarni naqd pulga sotib oladi va ularni qimmatroq narxda sotish maqsadida bozor narxining k o‗tarilishini poylab turadi. Qimmatli qo g‗ozlar bozorida bank faoliyatining umumiy asoslari «Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida»gi qonunda aks ettirilgan. Banklarning bank operatsiyalarini amalga oshirish t o‗g‗risidagi litsenziyasi banklarga qimmatli qo g‗ozlarni chiqarish, sotish, sotib olish, hisobini yuritish, saqlash va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. 222 Xalqaro qimmatli qo g‗ozlar bozorining professional ishtirokchilari va ularga xizmat k o‗rsatuvchi kommunikatsiya tizimlarining rivojlani- shi, pirovard natijada, ular o‗rtasidagi raqobat muhitining keskinlashuvi- ga olib keladi. Buning natijasida k o‗satilayotgan xizmatlar uchun oli- nadigan t o‗lovlarning kamayishi yuz berdi. Ular mijozlarga an‘anaviy birjalar yopilgandan keyin ham savdo qilish imkoniyatini yaratadi, in- vestitsiyalar uchun turli xildagi instrumentlar foydalanishni taklif qiladi va kotirovkalarning sir tutilishini kafolatlaydi. 2000-yilning boshiga kelib g‗arbiy Yevropadagi barcha yirik fond birjalari t o‗liq elektron birjalarga aylanadi. Bu esa, o‗z navbatida, savdo ishtirokchilari sonini keskin oshirish, savdo chiqimlarini kamaytirish imkonini beradi. Bir qator mamlakatlarda fond birjalari o‗zlarining raqobat pozitsiya- larini mustahkamlamoqda. Bu holat moliyaviy bozorlarning xizmatlari- dan foydalanuvchilar uchun bir necha xizmat turlarini bir joyda markazlashtirayotganligida yaqqol namoyon b o‗lmoqda. Parij, Amster- dam, Frankfurt, Xelsinki , Bryussel birjalari birlamchi va ikkilamchi bo- zorlarni, hosila institumentlari bozorlarini, kliring va hisob-kitoblarni birlashtiradi. Ayni vaqtda, AQShning birjadan tashqari savdo tizimi NASDAQ global ahamiyatiga ega b o‗lgan xalqaro qimmatli qog‗ozlar bozoriga aylanib bormoqda. U Amerika bozorida muvaffaqiyatli tarzda faoliyat yuritish bilan birga, jahonning 10 ta yirik fond birjasidan biri sifatida e‘tirof etilmoqda va u aksiyalar savdosining hajmi va o‗sishi sur‘ati b o‗yicha Nyu-York fond birjasini ortda qoldirdi. Fond birjalarida banklar listing operatsiyalari bilan ham shu g‗ullanadi. Listing – bu qimmatli qog‗ozlarni birjaga qo‗yish, ya‘ni joylashtirishdir. Qimmatli qo g‗ozlar listingga qo‗yilgan va birja r o‗yxatidan o‗tgan bo‗lsa, ularni savdoga qo‗yish mumkin. Birjada qimmatli qo g‗ozlar bilan oldi-sotdi operatsiyalarini faqat vositachilar bajaradi. Ularga jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, investitsiya kompaniyalari, brokerlik firmalarining topshiri g‗i bilan brokerlar bitimlarni amalga oshirib, qimmatli qo g‗ozlarni sotib oladi yoki o‗zinig hisobidan keyinchalik qayta sotish uchun xarid qiladi. Birjada faqat listingda qayd qilingan qimmatli qo g‗ozlar sotiladi. Baho (birja kotirovkasi – bu birjada sotiladigan qimmatli qo g‗ozlarning e‘lon qilingan narxi) fond birjasida talab va taklifdan kelib chiqqan holda ochiqdan-ochiq o‗rnatilib, birja tablosida e‘lon qilib turiladi. Birjada uch tomon qatnashadi. Bir tomonda birja, emitentlar va 211 qimmatli qo g‗ozlarini unda nazarda tutilgan muddatda, qat‘iy belgilangan narx b o‗yicha sotib olishga bo‗lgan huquqini tasdiqlaydi Hozirgi davrga kelib qimmatli qo g‗ozlarga qo‗yilmalar tobora k o‗payib bormoqda. Rivojlanayotgan davlatlarda aksionerlashtirish va mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, korxona va tashkilotlarni xususiylashtirish orqali aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish va ular tomonidan har xil qimmatli qo g‗ozlarni muomalaga chiqarishi fond bozorlarini rivojlantirishga turtki b o‗lmoqda. Qimmatli qog‗ozlar jahonning katta bir boyligi hisoblanib, boshqa boyliklarga nisbatan ham umumiy qiymati b o‗yicha, ham hajmi bo‗yicha oldingi o‗rinlarga chiqmoqda. Qimmatli qo g‗ozlarni muomalaga chiqarib, pullarni bir necha o‗n yillarga muddatsiz foydalanishga olish mumkin. Bu korxona va tashki lotlar uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etib, ularga ishlab chiqarish, hamda moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun bank ssudalaridan foydalanmasdan turib pul resurslarini jalb qilish imkoniyatini beradi. Qimmatli qo g‗ozlar aholi uchun ham juda katta ahamiyatga ega, ular pullarni k o‗lda ushlab turmasdan, qimmatli qo g‗ozlarga egalik qilish yo‗li bilan o‗z jamg‗armalari hisobiga daromad oladilar va korxonalarni boshqarishda amalda ishtirok etadilar. X o‗jalik yurituvchi subyektlar va aholi vaqtincha bo‗sh turgan mabla g‗larini omonatga qo‗yishdan ko‗ra qimmatli qog‗ozlarga sarflashlari ma‘lum afzalliklarga ega, masalan, sarflangan mablag‗lar muddatidan ilgari foydalanish zarurati tu g‗ilganda uni sotishi hamda undan qulay va hech qanday sarf-xarajatsiz t o‗lov yoki kredit olish uchun garov vositasi sifatida foydalanishi mumkin. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling